Qisqacha xulosalar
Sanoat iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i sifatida yuqori malakali, kadrlar
jamoasini o‘zida mujassamlashtiradi.
Kadrlarning bilimi, ilmi va malaka darajasi mamlakat ishlab chiqarish
kuchlarining eng muhim elementi, ya’ni unsuri hisoblanadi.
Shu sababli iqtisodiyot sohasidagi barcha muammolarning yechimini topish va
sanoat ishlab-chiqarishni oldiga qo‘yilgan vazifalarni oqilona hal etish kadrlarga
bog‘liq ekanligi Respublika Prezidentining asarlarida qayta va qayta ta’kidlanadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatida kadrlar tarkibi va tuzilmasi miqdor
va sifat jihatidan sezilarli darajada o‘zgardi.
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va kayta tayyorlash masalasiga
alohida e’tibor berilishi tufayli sanoatning izchil va barqaror rivojlanishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |