5.4. Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonunlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 24
apreldagi
PF-4720-son
Farmoniga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali
boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq
92
ishlab chiqilgan hamda ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik
jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, davlat
korxonalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Mazkur mezonlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil
28 iyuldagi 207-son “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini
joriy etish to‘g‘risida”gi qarori asosida qabul qilingan nizom belgilaydi.
Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari – (Key Performance Indicators)
korxona uchun nima eng muhim ekanligini yaqqol tasvirlaydi, menejerlarga
asoslangan qaror qabul qilinishida ko‘maklashadi hamda risklarni boshqarishga
imkon yaratishi orqali noaniqliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Agarda
tizimda,
ishlab
chiqarishda
salbiy
holatlar
kuzatilayotgan
bo‘lsa,
“samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari” bu haqda barvaqt xabar beradi. Shu
sababli ham kompaniya uchun eng muhim samaradorlikning muhim
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, joriy etish aksiyador (ulushdor)lar tomonidan
muvaffaqiyatga erishishning kaliti sifatida e’tirof etiladi
Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari – bu korxona o‘zining strategik va
katta moliyaviy maqsadlariga qanchalik samarali erishayotganligini namoyish eta
oladigan o‘lchov qiymatlaridir. Korxona xodimlari, rahbariyati va, umuman,
korxona faoliyatiga baho berish uchun foydalaniladigan koeffitsiyentlar
yig‘indisidir
Kompaniyalar faoliyatiga samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari joriy
etilganda xodimlarni rag‘batlantirishning aniqligi va shaffofligi ta’minlanadi.
Modomiki ko‘zlangan maqsadlar va ulardan erishilgan aniq miqdorlarga qarab
xodimni nima uchun va qanday rag‘batlantirish rahbarlarga ravshanlashadi. O‘z
navbatida, xodim yoki direktorlar qanday sharoitda qancha mukofot bilan
taqdirlanishini va nimani talab etishni yaxshi bilishi hamda shunga yarasha
samarali natija ko‘rsatishga harakat qilishi ushbu tizim joriy etilishi natijasida
yaqqol aniqlashtiriladi
Qisqacha aytganda, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari xodimlar va
direktorlar tomonidan erishilgan natijalarni miqdoriy jihatdan aniqlash
imkoniyatini beradi. Kompaniya aksiyadorlari, direktorlari yoki departament
boshliqlariga belgilangan oliy maqsadlariga erishishda qanday yutuqlar va
kamchiliklar mavjudligini namoyish qiladi hamda ularni o‘z vaqtida
rag‘batlantirish yoki bartaraf etish uchun aniq tasavvurni yaratib beradi. Bu esa
investorlar va emitentlar uchun ayni muddaodir
Shuningdek, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari foydali qaror qabul
qilish vositasidir, desak yangilishmagan bo‘lamiz. Darhaqiqat, samaradorlikning
muhim ko‘rsatkichlari korxonalarning murakkab tashkiliy faoliyatini oson va
tushunarli sonlar orqali namoyon qila oladi. Bu esa, o‘z navbatida, korxona
faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi
Tasavvur qiling, okeanda suzib ketayotgan kemadagilar kema belgilangan
rejaga asosan suzayotganligini aniqlash maqsadida kompas va navigatsiya tizimi
ma’lumotlaridan foydalanishadi. Kemaning GPS joylashuv ma’lumoti, tezlik,
yoqilg‘i darajasi yoki ob-havo ma’lumotlari kabi ko‘rsatkichlar kemaning ayni
93
damda qayerdaligini va keyin qaysi yo‘nalishda harakat qilishi zarurligini
oydinlashtiradi
Shunday
holat
kompaniyalar
faoliyatiga
ham
xosdir.
Bunda
samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari menejerlar tomonidan kompaniya
muvaffaqiyatli suzish rejasiga muvofiq harakatlanayotgani yoki belgilangan
yo‘nalishdan chiqib ketayotganini aniqlashtirish uchun foydalaniladigan
navigatsiya vositasidir. To‘g‘ri, joriy etilgan samaradorlikning muhim
ko‘rsatkichlari kompaniya faoliyatining muhim jabhalarini yoritadi va e’tibor
berilishi zarur bo‘lgan holatlarnigina aniq ko‘rsatib beradi. Xalqaro nazariyada
samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ko‘proq harorat va havo bosimini
o‘lchashga moslashgan vositalarga o‘xshatiladi. Havo harorati ko‘tarilgani yoki
pasayganini bilishga qiziqish tabiiy, lekin dovul yaqinligini bilish undan-da
muhimroqdir. Ko‘rsatkichlar umumiy vaziyat to‘g‘risida to‘liq taassurot
uyg‘otishga xizmat qiladi
Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari yaratilish tarixi XX asrning 60-70-
yillaridan boshlanadi. Bu davrda Piter Druker tomonidan samaradorlikning
muhim ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, u orqali yutuqlarni baholash tizimiga asos
solingan. Ushbu holat belgilangan maqsad sari boshqaruv uslubi paydo bo‘lishi
bilan bog‘liq. Mazkur boshqaruv uslubi korxona rahbariga butun diqqat-
e’tiborini eng yaxshi natijaga erishishga qaratish imkonini beruvchi izchil va
tartibli yondashuvdir. Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarining jadal
rivojlanish bosqichi uning 1990-yillar boshida Robert Kaplan va David Norton
tomonidan o‘ylab topilgan Balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimiga kiritilganidan
keyin boshlangan
Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (qisqartirilgan shaklda SMK)
tashkilotlarning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini aniqlash uchun
foydalaniladigan baholash mezonlarining miqdoriy o‘lchovidan iborat bo‘ladi.
SMK ro‘yxati faoliyatning iqtisodiy, energetika, ishlab chiqarish,
innovatsion samaradorligi ko‘rsatkichlarini va samaradorlikning boshqa
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
SMKni hisoblashning davriyligi har chorakdan iborat bo‘ladi va
tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.Manbai faqat
yillik hisobot bo‘lgan ko‘rsatkichlar bir yilda bir marta hisoblanadi.
Tashkilotning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash uchun
5.3-jadval va 5.4-jadvalda ko‘rsatilgan SMK tatbiq etiladi.
94
5.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |