6.Butun va qism
Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, Koyibona bilishdir. O`zining butun borliqini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag`ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Intuitiv bilish xissiy va aqliy bilishga tayanadi.
|
|
2-topshiriq. Berilgan savol bo‘yicha qiyosiy tahlil qiling
Qadriyat va madaniyat tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi va farqi
Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Qadriyat hisoblanadi.
Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi.
Qadriyatlar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi.
Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi.
Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega.
"Madaniyat" arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar.
Bunday Qadriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq Qadriyatlar milliy Qadriyatlardir.
Madaniyatning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarshi oʻlaroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining oʻzaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib, antagonistik jamiyatlarda Madaniyatning sinfiy harakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi.
sofligini saqlab, uni
ma’naviy tanazzuldan asrash ham umumbashariy muammoga
aylanib bormoqda. Gap shundaki, zo'ravonlik Hozirgi vaqtda insoniyat ma’naviyati va nafrat kishilar
o‘rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma’naviy muhitni
tobora zaharlamoqda. Buni to‘xtatib qolish va keskin kamaytirishga
erishish vazifalari insoniyatning dunyo miqyosida kuch-g‘ayratlarini
birlashtirishni taqozo etmoqda
3-topshiriq. Кlaster asosida berilgan savolga javob bering
Global muammolardan yana bin — ochlik, qashshoqlik va
savodsizlikning oldini olish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlaming oldini olishdan iborat.
Jamiyat ichki ziddiyatlari tiig‘dirgan global muammolar
Insoniyat o'zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan,
ko'chmanchi chorvachilikdan dehqoncMlikka o‘tishi jarayonida
tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan, ulami qayta tayyorlash
va ekin ekib, yetishtirishga o‘tishi bilan ijtimoiy munosabatlar
rivojlanib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |