Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu». Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, — Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu”. TUYUQLAR Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor. Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi. Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor. * Ushbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi ma’nolar yashirin: – dog‘i bor - dog‘i bor, – dog‘i bor - otashi bor, – dog‘i bor - yana (tag‘in) bor. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen. Vah, qachon yetkaymen ut dilbanda men Bevafolarga meni qilding asir. Sen menga sultonsen, ey dil, banda men. * Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qofiya bo‘lib kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi: - dil, bandamen - yurak, (men) bandaman (bog‘lanib qolganman); - dilbanda men - dilbandga men; - dil, banda men - yurak, banda men(man). Charxi kajraftor elidin yozamen, Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron qishidin yoza men, Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen. * Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz: - yozamen - yozg‘iraman (shikoyat qilaman); - yoza men - yozga men; - yozamen - yozaman (bitaman). TUYUQNING 4 OLTIN QOIDASI - 1. Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
- 2. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur.
- 3. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni «foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon)» tarzida bo‘lishi shart.
- 4. Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar tashkil topishi darkor.
Bilimingizni sinang! - 1. Zamona ahli Lutfiyni nima deb e’zozlagan?
- 2. Mavlono so’zining ma’nosi? – “Ulug’ ustod”.
- 3. Lutfiyning yashab o’tgan yillari?
- 4. “... 99 yoshida olamdin o’tdi. Qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi”. Ushbu qimmatli ma’lumot kim haqida va kimning qaysi asarida uchraydi?
- 5. Lutfiy g’azallari ko’proq necha baytdan iborat?
- 6. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” radifli g’azali qofiyasi?
- 7. Lutfiyning “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” g’azali necha baytdan iborat?
- 8. Shoira Nodira Lutfiyning qaysi g’azaliga o’xshatma yozdi?
- 9. Lutfiy “qorong’u kechada sochning tolasiga jonini savdo qiladigan, do’st-u dushman ichida qo’l-oyoqsiz qilib qo’yadigan” deb nimani ta’riflaydi?
- 10. Lutfiyning barcha baytlarining ikkinchi satri maqol bilan tugaydigan besh baytdan iborat g’azali qaysi?
Do'stlaringiz bilan baham: |