- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot, mehnat bilan, 0‘zbekistonimizning mustaqilligi, gullab yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan bog‘lanishi;
- o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
- tarbiyaviy ishlaming izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
- tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish.
Quyida tarbiya jarayonining qonun-qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi.
Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi.
Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama kamol topgan - mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir.
0‘qituvchilar jamoasi va har bir o‘qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlaming, vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o‘quvchilami tarbiyalashning shakl va uslublarmi tanlaydi.
Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlaming mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar.
O‘quvchini jamoa orqali tarbiyalash. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina tarbiya ishlarida faol o‘quvchilarga tayanish, o‘quvchilami turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini singdirib borish mumkin.
Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim о‘quvchilar va umuman jamoa o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi, o‘ziga va bir-biriga talablar qo‘yadi va o‘z-o‘zini nazorat qiladi.
Tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish.
0‘qituvchi jamoaning kuchli va zaif tamoyillarini aniqlash uchun pedagogik vaziyatlar vujudga keltirishni qo‘llaydi. Lekin bunda shuni esda tutish kerakki, o‘quvchi kamchiliklarini hamma o‘rtasida yorqin namoyish qilish uni ma’naviy halok etishi, qalbini jarohatlashi mumkin. Shunday vaziyatlarni vujudga keltirish kerakki, ular salbiy tomonlarni emas, har bir bolada odatdagi sharoitda boshqalardaft yashiringan ijobiy tomonlarini ham ochib bersin. Sinf rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi.
Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya’ni ularda o‘quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o‘z mohiyatiga ko‘ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma’ruza, konsert va hokazo) erishish uchun qatnashchilariing o‘zaro muomalasini nazarda tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo‘lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba’zi hollarda ulaming faoliyatidagi ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo‘ladi. Bu ko‘p jihatdan o‘quvchilaming faoliyat mazmuniga munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog‘liq bo‘ladi.
Jamoaning rivojlanish darajasini belgilash metodikasi. Uning mohiyati u yoki bu rivojlanish darajasidagi jamoa normativ ta’rifmi aniq jamoa ta’rifi bilan taqqoslashdan iboratdir. Ijtimoiy ahamiyatga ega boigan maqsadning, pedagoglar bilan o‘quvchilaming birgalikdagi har tomonlama sobitqadam faoliyatining, o‘zaro ma’suliyatli munosabatlaming mavjudligi: o‘z-o‘zini boshqarish organlarining faoliyati va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |