Mauriyalar sulolasi geografi jihatdan juda keng bo’lib qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi 321 dan 185 yilgacha boshqargan sulola hisoblanadi


II BOB.Maurya davlati dini va hukmdorlari



Download 34,86 Kb.
bet5/13
Sana14.04.2022
Hajmi34,86 Kb.
#551683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maurya

II BOB.Maurya davlati dini va hukmdorlari.

2.1.Mauriylar davrida buddizm dini.


"Xudolarsiz din". Jamiyatdagi o`zgarishlar ta'sirida hindlarning diniy e'tiqodlari ham islohotga yuz burdi. Yangi Budda taxallusini olgan shahzoda buddaviylik dini yaratilishi Siddhartha Gautama nomi bilan bog`liqdir. Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshga to`lguniga qadar hukmdor otasi saroyida betashvish farog`atli kun kechirgan. Kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan chog`ida munkillagan cholga o`xshab qolgan, bedavo dardga yo`liqqan navqiron bir kishiga, keyin esa dafn marosimiga ko`zi tushadi. Bu to`qnashuvlar shahzoda Siddhartha Gautama hayotini tamomila o`zgartirib yubordi. U saroydagi farog`atli turmushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo`yiab sayohatga otlandi. Bir kuni ma'rifatga erishgan orif Budda inson son-sanoqsiz marotaba tug`ilishi va vafot etishini tushunib yetadi. Keyingi hayotda odamning kim bo`lib tug`ilishi ham uning sa'y-harakatlari va amallariga bog`liqdir. Budda va uning izdoshlari bo`lgan buddaviylar inson yolg`on so`zlamasligi, mol-davlat to`plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to`kmasligi lozim deb hisoblaydilar.
Inson har qanday mayllardan voz kechishi zarur, negaki har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi. Buddaviylar Yer yuzida o`rmalab borayotgan qurtqumursqalarni tasodifan bosib olib, ozor yetkazmaslik uchun hatto qishda ham oyoqyalang yurishgan. Avvaliga buddaviylarda xudo bo`lmagan, chunki ular xudolar inson azobuqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan. Ammo ko`p o`tmay Buddaning o`zi xudoga aylandi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalarida uning haykallarini ko`rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o`ylarga cho`mgancha qilt etmas yuz ifodasi bilan qovoqlarini tushirgancha chordona qurib o`tirgan holatda tasvirlanadi. Yangi din oldingilaridan inson mavqeyi tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog`liq bo`lmasligi bilan farqlanadi.
Buddaviylar fikricha, hamma narsa insonning o`ziga bog`liq: uning mukammallikka intilishi, ortiqcha narsalardan voz kechishi ma'naviy yuksalish zaminidir. Mil. avv. III asrda buddaviylik jahon dinlaridan biriga aylandi.
Binobarin, buddaviylik – najot dinidir. Bu dinning paydo bo‘lishiga Hindiston jamiyati hayotidagi qanday omillar sabab bo‘lgan? Siddhartha yashagan davr Hindistonda urug‘-qabilachilik munosabatlari yemirilayotgan va dastlabki davlatlar vujudga kelayotgan davr edi. Bundan tashqari, Hindistonda kastachilik tartibi nihoyatda kuchli edi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar Hindiston aholisining past tabaqalari ahvolini yanada yomonlashtirib yuborgan. Odamlar o‘rganib qolgan hamda eng muqaddas deb hisoblagan qadriyatlar ularning ko‘z o‘nglarida yo‘qola boshlagan. Odamlar bu holatni kishilik jamiyati inqirozi, deb hisoblaganlar. Ana shunday sharoitda ular umumiy najotga muhtojlik sezganlar. Bu muhtojlikning aks-sadosi sifatida buddaviylik dini –najot dini vujudga kelgan. Yangi din – buddaviylik Hindistonda keng tarqala boshlagan. Chunki, u jamiyat turli tabaqalarining manfaatiga javob berardi. Masalan, kshatriylar uchun buddaviylik brahmanlarining hukmron mavqeiga, imtiyozlariga, shuningdek, kastaviy kamsitishlariga qarshi kurashda o‘tkir qurol bo‘lib xizmat qilardi. Oddiy mehnatkash aholi xalq ommasiga esa bu din o‘zlarining og‘ir ahvollaridan qutulish yo‘llarini ko‘rsatgandek bo‘lgan.
Brahmanlik dini esa, hatto aldanish ko‘rinishida bo‘lsa ham bunday yo‘lni ko‘rsata olmagan. Qolaversa, eng past, huquqsiz kasta a‘zolari ham buddaviylarning monaxlik jamoasiga a‘zo bo‘lib kira olardilar. Bu bilan ular jamoaning teng huquqli a‘zosiga aylanardilar va ma‘lum insoniylik huquqlariga ega bo‘lardilar. Bu omil oddiy mehnatkashlarni bu din tarafdorlariga aylantirmay qolmasdi. Bundan tashqari, bu din – og‘ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosimlarni bajarishni talab etmasdi. Qolaversa, Gautama va uning shogirdlari yangi dinning ta‘limoti mazmunini hammaga tushunarli tilda sodda qilib bayon etganlar.
Ayni paytda, bu din ta‘limotidagi ―Kuchli istamaslik‖ to‘g‘risidagi qoida hukmron sulolalar manfaatiga ham to‘la javob bergan. Chunki, bu qoida ularga o‘z fuqarolarini itoatda tutishlarida katta omil hisoblanardi. Shuning uchun ular ham bu dinni qo‘llabquvvatlaganlar.
Xususan, Mauriya sulolasi hukmronlaridan biri – podsho Ashoka davrida buddaviylik davlat dini deb e‘lon qilingan.

Download 34,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish