XIV asr Novgorod monumental rangtasvirida shu davr kishilarining xis-tuyg`u, kayfiyatlarini ifodalashga intilish sezila boshlandi. Kompozisiyalarning erkin, xayotiy bo`lishiga xarakat qilish kuchaydi. Tavrot (bibliya) va injildan olingan lavxalar, tasvirlanayotgan obrazlarning jonli va xayotiy bo`lishiga e'tibor berila boshlandi.
Rus' rangtasviri, jumladan, Novgorod rangtasvirining muxim yutug`i insonni to`g`ri tushunish va uni ifodalashga intilishdadir. Bu xislatlar Feofan Grek ijodida yaqqol sezila boshlandi. Vizantiyalik bu rassom Rusda o`zining xususiy ikkinchi yurtini topdi. U Vizantiya san'atining yuksak an'analarini chuqur egallagan xolda, uni qadimgi Rus' san'ati izlanishlari bilan bog`lashga, uygunlashtirishga erishdi. F. Grekning juda kam asarlari bizgacha yetib kelgan. Uning novgoroddagi Spas-Preobrajenskiy cherkovi devorlariga ishlagan suratlari mashxurdir. Bu surat fragment tarzida bulsa xam. Feofan Grekning rangtasvir san'atidagi yutuq va maxoratini namoyon qiladi. Uning asarlari individual xislatga ega, obrazlari xayajonli va shijoatli, izlanuvchan va doim xarakatda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |