XIV asr Novgorod me'morligining klassik, noyob yodgorligi Fedor Stratilat cherkovi xamda Spas-Preobrajenskiy sobori xisoblanadi. Bu binolar ulug`vor, monumental, serxasham va go`zaldir. Binoning bunday go`zal bo`lishida turli shakldagi taxmonchalardan o`rinli foydalanilgan, uchburchaksimon chuqurchalar, sodda arklar muxim rol' o`ynagan.
Pskov 1348 yili mustaqillikka erishdi. Bu yerda xam Novgoroddagi singari o`ziga xos feodal respublika tashkil topib,u Novgoroddan demokratik xarakteri bilan ajralib turadi.Bu yerda XIV—XV asrlarda tosh va yog`ochdan qator binolar qurilgan,mudofaa qal'a-qo`rg`onlari, ibodatxonalar qad ko`targan. Bizgacha saqlangan Pskov cherkovlari, asosan, maxalliy materiallardan ishlangan va xajm jixatidan kichik. Cherkov atrofi odatda, kichik xujrachalar bilan o`ralgan. Xamma ibodatxonalar bir gumbazli bo`lib, katta bo`lmagan absidalari bo`lgan. Pskov me'morlari qal'a-qo`rgon qurish ustasi bo`lishgan. Keyinchalik ular Moskva qurilishiga taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |