«Маъқуллайман»


XIV—XV asr Novgorod rassomligida ikona va qo`l yozmalarni bezash san'ati muxim o`rin egalladi



Download 80 Kb.
bet5/8
Sana08.01.2022
Hajmi80 Kb.
#331395
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma`ruza.

XIV—XV asr Novgorod rassomligida ikona va qo`l yozmalarni bezash san'ati muxim o`rin egalladi. Bu san'atlarda Novgorod badiiy maktabi o`ziga xos fazilatini — voqelikni realistik, xalqchil ifoda etishini namoyon qildi. Bu davr qo`l yozmalarini bezashda naqsh bezaklaridan tashqari, odamlar tasviri tushirilgan kompozisiyalar xam keng yoyildi. Bu suratlarda avliyolarning xayotidan olingan turli lavxalar tasvirlandi.

Georgiy Pobedonoses≫ ikonasi shu davrning mashxur asarlaridandir. Oq otda yelib, ajdaxoni xalok qilayotgan yosh jangchi surati ikonada ishlangan. Jangchi va oq otning ifodali silueti qizil fonda tasvirlanishi asarning emosional tomonini belgilashda muxim o`rin egallagan. Ikona va miniatyura san'atida tarixiy voqealarning ifoda etilishi xam shu davr rangtasvir san'atida realistik tendensiyalarning ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu xususda≪Suzdalliklarning novgorodliklar bilan jangi≫ ikonasi muximdir. Bu Rus' rang tasviridagi tarixiy voqea asosida ishlangan birinchi asar sisoblanadi.

Moskva tasviriy san'ati maktabi namunalari kam bo`lsada, bizgacha miniatyura, ikona va devoriy suratlar tarzida yetib kelgan. Adabiy manbalarda xam Moskva sobor va binolari suratlari bilan bezatilganligi xaqida ma'lumot beriladi.

Moskva badiiy maktabi shakllanishida Moskvadagi shu davr badiiy xayotining Bolqon, ayniqsa Serbiya rangtasvir san'ati bilan yaqin aloqasi muxim o`rin egalladi. Bular badiiy maktabning o`ziga xos tomonini belgilashda muxim bo`lib, uning murakkabligi va sersirraliligini bildiradi. Moskva rangtasvir san'atida shu davrda ijod `ilgan Feofan Grek muxim urinni egalladi. U taxminan 1395 yillarga kelib, Moskva soborlari uchun devoriy surat va ikonalar ishladi. Uning devoriy suratlari saslanmagan, lekin Blagoveshchenskiy sobori ikonasi ikkinchi yarusining markaziga ishlangan suratlar uning mo`yqalamiga mansubdir. Bu yerdagi bapcha suratlar uning rus shogirdlari tomonidan chizilgan. Shular ichida Qadimgi Rusning genial rassomi Andrey Rublyov nomini xam uchratamiz. Bu soborga ishlangan ikona va devoriy suratlar A. Rublyov ijodining ilk namunasi xisoblaiadi. Shu asarlarda Rublyov ijodidagi individual xislatlar — asardagi ko`tarinki kayfiyat, insoniylik, mayinlik, rang garmoniyasining yoqimliligi va obrazlarni manzara ichida ishlashga intilish ko`zga tashlanadi. Bu rasmlar ichida ≪Cho`qintirish≫ kompozisiyasidagi Georgiy obrazi, ≪Ierusalimga chaqish≫ asarlari divdatga sazovordir.

Rublyovning muxim asarlaridan biri Vladimirdagi Uspenskiy soboriga ishlangan devoriy suratdir. U bizgacha faqat fragmentlarda yetib kelgan bo`lsa xam kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Surat ibodatxonaning ichki inter'er devorlari bilan uyg`un bog`lanib, tantanavor va shodiyona kayfiyatga ega. ≪Taqvodorlarning jannatga yurishi≫ surati bular ichida aloxida axamiyatga ega bo`lib, A. Rublyovning yuksak badiiy maxorati va goyaviy pozisiyasini namoyon etadi. Zvenigoroddan topilgan Spas surati va Arxangel' Mixail ikonasi xam A. Rublyov ijodiga mansub bo`lib, bu suratlarda kishilarning ideali — erksevar, irodali, o`zida kuch va donolikni singdirgan kishilar obrazi ifodasini topdi.

Rassomning mashxur asarlaridan biri Troisk sobori uchun ishlangan ≪Uch farishta≫ surati bo`lib, xozir Tret'yakov galeriyasida saqlanadi . Bu ikona tavrotdan olingan afsonaga bag`ishlangan. Afsonalarga ko`ra, Avram va uning xotini Sara o`z uylari yaxinidagi dub oldida uch yo`lovchi — farishtalarni qabul qiladi. Rassom asosiy diqqatni farishtalarga qaratadi. Ularning qarashlarida, o`zlarini tutishlari, xatti-xarakatlarida bir-birlariga bo`lgan mexr va do`stlik tuyg`ularini ifodalaydi. Kompozisiya tugal va muvozanat xarakteriga ega bo`lib, uning monumentalligi va tantanavorligini yanada orttiradi. Bu asarda rassom diniy obrazda bo`lsa xam insonparvarlik va ma'naviy pokizalikka to`la insoniy munosabatlarni poetik talqin eta oldi.

A.Rublyov shu davr kishilarining idealini ana shunda ko`rdi.A. Rublyov ijodi shu davr Moskva badiiy maktabining rivojlanishida muxim o`rin egalladi. XV asrning ikkinchi yarmida ishlangan devoriy surat va ayniqsa, ikona san'ati shundan dalolat beradi.


Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish