Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘tgan asrning oltmishinchi
yillarida o‘zbek adabiyotshunosligida adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilikda
Mirtemir ijodining ilmiy asosda o‘rganish va yoritish sohasida muayyan ishlar
amalga oshirildi. T.Jalolov, O.Sharafiddinov, S.Mamajanov, N.Karimov,
H.Olimjanova maqolalarida, K.Azimovning „Mirtemir“, I.G‘afurovning „Ona yurt
kuychi“, T.Xalilovning „Mirtemir mahorati“, B.Qurbonbaevning „Mirtemir –
do‘stlik va qardoshlik kuychisi“ risolalarida shoir asarlarining g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari bayon etildi. Shunga ko‘ra, maqola va risolalarni Mirtemir ijodini
ilmiy asosda o‘rganish sohasidagi dastlabki yutuq deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |