4
KIRISH
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. XX asr o‘zbek adabiyotida
Mirtemir poeziyasini
o‘rganish, badiiy o‘ziga xosliklarini aniqlash, ularni yaxlit badiiy sistema sifatida
tadqiq etish, davr, ijtimoiy voqelik va ma’naviy hayot taqozasi bilan yuzaga kelgan
belgilarni kuzatish, Mirtemir lirikasi janrlari sistemasida tutgan o‘rni va
ahamiyatini belgilash, mavqeini tahlil va tadqiq etishdan iboratdir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiy siyosiy-ijtimoiy sohalarda
islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan bir qatorda, madaniy va
adabiy merosimizga ham munosabat tubdan o‘zgardi. Bu jarayonda adabiy
qadriyatlarning ijtimoiy hayotdagi va komil inson tarbiyasidagi o‘rni hamda
mavqeiga e’tibor kuchaymoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy g‘urur
va badiiy nafosat urug‘larni undirishda san’at va adabiyotning o‘rni beqiyosdir.
Yurtboshimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek: „Ma‘naviyat—insonni ruhan
poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat, iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir“.
1
Mashhur faylusuf Hegel ta’biri bilan aytganda „san‘at obrazlar orqali
fikrlashdir“. Badiiy adabiyotning asosiy belgisi va odamga chuqur ta‘sir etishning
boisi uning obrazli ekanidir. Badiiy obraz ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va
kechinmalari singdirilgan manzara tasviri bo‘lib, kengroq ma‘noda poetik obraz
atamasi bilan ham yuritiladi. Adabiyotning asosida inson obrazi turar ekan, uning
ruhiy olamini kashf etish ijodkorning bosh maqsadi hisoblanadi. Ijodkor mahorati
ham bevosita inson qalbining kechinmalarini qay darajada haqqoniy tasvirlay
olishi bilan belgilanadi. Zero, U Normatov haqli ravishda ta‘kidlaganidek, „Inson
va uning tabiati, qalbi, ruhiyati haqiqatini kashf etishda hech bir soha adabiyot
bilan tenglasha olmaydi, uning o‘rnini bosolmaydi“
2
.
Ma‘lumki, har bir ijodkor o‘ziga xos iste‘dod sohibidir. Ular inson ruhiyati
1
Karimov.I.A Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, 2008 –yil, 59-bet
2
Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000. 98-bet.
5
manzaralarini faqat o‘ziga xos, boshqlarga o‘xshamagan tarzda kashf etadilar.
Chunki, har bir ijodkor shaxsning o‘z ruhiy olami, e’tiqodi, shaxs sifatidagi xislat
va fazilatlari turlicha bo‘ladi.
She‘riyat so‘z san’atining boshqa turlariga qaraganda o‘zining nafisligi
bilan, his-tuyg‘ularning jo‘shqinligi, obrazlilikning serqatlamliligi va ta‘sirchanligi
bilan ajralib turadi. Zero, she‘r inson qalbining tub-tubidan otilib chiqayotgan
tuyg‘ular tug‘yoni, voqelikka bo‘lgan ehtirosli va murosasiz munosabat ifodasidir.
Shu bois she’riyat inson qalbi dramatizmini butun ziddiyatlari bilan, butun
po‘rtanalari, isyonlari bilan aks ettirishga qodir bo‘lgan ilohiy qudratga ega
kuchdir. Shunga ko‘ra she‘riyat olami, she‘r hodisasi, uning o‘ziga xos tabiati
adabiyotshunoslar, faylasuflar, nafosatshunoslarning diqqat markazida bo‘lib
kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: