Matsusita Konosuke


Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar



Download 264,95 Kb.
bet9/51
Sana02.02.2022
Hajmi264,95 Kb.
#425740
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Bog'liq
8-mavzu. Ma'ruza matni

Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish. Javobgarlik markazlari – bu boshqaruv hisobi tizimida muhim ob’ekt hisoblanib, boshqaruv xodimlari faoliyatini tashkil etishga yo’naltirilgan yangi psixologik talqindir. Uning asosiy maqsadi nazoratdan ko’ra, ko’proq o’zini boshqarishda boshqaruv xodimlariga yordam berishdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo’yicha hisobni tashkil etishning asosiy maqsadi faoliyat xarajatlari va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni alohida-alohida umumlashtirish hamda ular bo’yicha mavjud chetlashishlarni bo’linmalar zimmasiga yuklashdan iborat.
Boshqarish nuqtai nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo’linishi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
- javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan bog’langan bo’lishi;
- javobgarlik markazlarida faoliyat hajmini aniqlash, xarajatlarni hisoblash va ularni taqsimlash uchun asos vazifasini bajarishi;
- har bir javobgarlik markazi menejerlarining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilaningi zarur. Menejer faqat o’zi nazorat qila oladigan ko’rsatkichlar uchun javob beradi;
- har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarining o’rnatilishi;
- javobgarlik markazlari menejerlari o’tgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o’tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda faol ishtirok etishlari lozim.
Shuningdek, korxonani javobgarlik markazlariga bo’lishda tegishli markazlar rahbarlarining e’tirozlariga ta’sir qila oladigan ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olish lozim.
Boshqaruv hisobida korxona faoliyatini javobgarlik markazlariga bo’lib tashkil etish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va uni tashkil etilishi, dastlabki materiallar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog’liq.
Korxonani tashkiliy tuzilma doirasida boshqarishni tashkil etishning chiziqli, funktsional, chiziqli-funktsional va matritsali shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Chiziqli boshqarish deganda “vertikal bo’yicha” boshqarish tushuniladi, bunda quyi bo’g’inlar yuqori bo’g’inlarga bevosita bo’ysunadi.
Chiziqli boshqarishda har bir rahbar o’zi ma’sul bo’lgan bo’linmalarni mustaqil boshqaradi va barcha zarur boshqaruv qarorlarini mustaqil qabul qiladi. Bu tizimning o’ziga xos ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Jumladan, uning ijobiy jihatlari:
- xodimlarning o’z vazifalarini bajarilishiga shaxsiy javobgarligini yuzaga keltiradi va mustahkamlaydi;
- asoslanmagan va samarasiz topshiriqlar berilish hollarini bartaraf etishga imkon yaratadi;
- belgilangan vazifalarni tezda bajarish va ularning natijalarini tahlil qilib borish mumkin;
- bo’linmalar xodimlari faqat o’z rahbarlariga hisobot berishlari sababli korxonada ijrochilik va intizom darajasi yaxshilanadi.
Mazkur tizimning salbiy tomonlari esa ko’proq unda oddiy va qisqa muddatli vazifalarni bajarishga e’tibor qaratilishi sababli, kompleks hamda istiqbolli masalalarni hal qilish ancha qiyinlashishi bilan ifodalanadi. Shuningdek, bunday sharoitda buyruqbozlik va rasmiyatchilik muhiti yuzaga kelishi mumkin.
Odatda, bu tizim ishlab chiqarish tsexlari va korxona bo’linmalarini boshqarishda yuqori samara beradi.
Funktsional boshqarish korxonani moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha-konstruktorlik va texnoligik ishlovlar, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalar va hokazolar kabi alohida funktsiyalar bo’yicha boshqarishdir. Bu tizim korxona rahbari va alohida funktsiyalar menejerlarining faoliyatini ixtisoslashtirishga mo’ljallangan. Bunda menejerlarning o’z bo’linmalari faoliyatini chuqur va puxta bilishi, sodir bo’layotgan jarayonlarni istiqbolli tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi.
Funktsional boshqarish tizimining afzalligi korxonada boshqaruv faoliyatining ixtisoslashtirilishi bilan belgilanadi. Bu holat boshqaruv samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Korxonalar faoliyatida boshqarishning chiziqli-funktsional tuzilmasidan keng foydalaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo’linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha asosiy faoliyat bilan shug’ullanadi, ixtisoslashgan funktsional bo’linmalar esa (marketing bo’limi, reja-moliya bo’limlari, kadrlar bo’limi) asosiy bo’linmalarga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari birgalikda to’laroq amalga oshiriladi hamda tayyorlanadigan qarorlarning yuksak darajaliliga va har bir ishlab chiqarish bo’g’iniga yoppasiga rahbarlik qilish ta’minlanadi.
Matritsali tuzilmada funktsional bo’linmalar bilan birga muayyan ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari) tuziladi. Bu guruhlar boshqaruvning turli darajalaridagi alohida funktsional bo’linmalar mutaxassislaridan tarkib topadi.
Matritsali tuzilmaning afzalligi shundaki, u korxona ichki faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish imkonini beradi, bu esa funktsional ixtisoslashish rivojiga xalal bermaydi. Funktsional-qiymat tahlili (FQT)ning vujudga kelishi ham bunga misol bo’lishi mumkin. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda eng yaxshi sifatli va zamonaviy, yangi buyumni ishlab chiqarishga erishishdir.
Boshqarishni tashkil etishning matritsali shakli rahbar va xodimlarning hamjihatlikdagi faoliyatini ta’minlaydi, ularning shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar yaratadi. Mazkur tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish (tsex, bo’lim, bo’linma) har bir bo’linma faoliyatini muayyan shaxslar mas’uliyati bilan bog’lashga, bo’linmalar moliyaviy natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga qo’shgan hissasini aniqlashga imkon beradi.

Download 264,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish