Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni hisoblash grafik, tenglamalar va marjinal daromad kabi usullar yordamida amalga oshiriladi.
Grafik usulda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni topish “Xarajatlar – mahsulot hajmi – foyda” yaxlit grafigini tuzish imkonini beradi.
Chizmada zararsizlik nuqtasiga mos keluvchi tushum ostonaviy tushum deb ataladi. Zararsizlik nuqtasidagi ishlab chiqarish (sotish) hajmi ishlab chiqarish (sotishlar)ning ostonaviy hajmi deb ataladi. Agar korxona sotishlarning ostonaviy hajmidan kam mahsulot sotsa, u zarar ko’radi, ko’p sotsa foyda oladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi va yalpi foyda chizmasini tasvirlashda turli darajadagi ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash muammosi paydo bo’ladi. Zararsizlik nuqtasi chizmasi bo’yicha foyda va zararlar o’rtasidagi oqilona nisbatni aniqlash uchun jami xarajatlar va daromadlar chiziqlari orasidagi masofa aniqlanadi. Bunda foydaning oshishiga mahsulot hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlashda qulay usullardan biri foyda va mahsulot hajmi chizmasi hisoblanadi.
Bunday chizmada, gorizontal o’q ishlab chiqarish va sotish hajmini, vertikal o’q esa hisobot davridagi foyda va zararlarni aks ettirgan. Agar sotish hajmi nolga teng bo’lsa, unda maksimal zararlar doimiy xarajatlar summasiga teng bo’lishi shart, chunki korxonaning zararlari uning doimiy xarajatlari summasidan oshib ketmasligi lozim.
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarish hajmi (quvvati) mashina va uskunalarning bo’sh turib qolishi, ularni ta’mirlash vaqti, ishdagi tanaffuslar va shu kabilar bilan bog’liq bo’lib, u optimal yoki real imkoniyat darajasiga ega bo’ladi. Optimal imkoniyat – mashina va jihozlarning bo’sh turmasdan yuqori unum bilan ishlash darajasi hisoblanadi. Real imkoniyat esa mashina va jihozlarning o’rtacha (normal) quvvat bilan ishlashi mumkin bo’lgan imkoniyatidir, Demak, optimal imkoniyatdan peal imkoniyatni chegarib tashlasak, ishlab chiqarish quvvati kelib chiqadi, bu amaliyotda nazariy quvvat (imkoniyat) deb ham ataladi.
Shu o’rinda, ishlab chiqarish hajmi bilan o’zgaruvchan xarajatlar o’rtasida o’zaro chiziqli bog’lanish mavjudligini ham ta’kidlab o’tish lozim, ya’ni, koordinata tekisligida xarajatlar va mahsulot birligi ma’lum nuqtalarda kesishadi. Biroq hamma o’zgaruvchan xarajatlar ham ishlab chiqarish quvvati bilan to’g’ri chiziqli bog’lanishda bo’lmaydi. Shu sababli, ularni rejalashtirish, tahlil qilish va ulardan boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanish imkoniyati mavjud emas. Chiziqsiz bog’langan xarajatlarni shartli ravishda chiziqli bog’lanishga moslashtirish maqsadida “chiziqli aproksimatsiya” usulidan foydalaniladi.
Relevantli daromad va xarajatlar – haqiqiy olingan daromad va qilingan xarajatlar bo’lmay, ular kelajakda kutilayotgan daromad va xarajatlar hisoblanib, boshqaruv qarorlari ta’sirida o’zgaradi.
Ularni tan olishning ikkita mezoni mavjud:
– agar daromad va xarajatlarning kelgusi boshqaruv qarorlari ta’sirida o’zgarishi ko’zda tutilsa, ular relevantly deyiladi;
– daromad va xarajatlarning miqdori boshqaruv qarorlari ta’sirida o’zgarsa, yani, ko’p variantlilik vujudga kelsa, ular relevantli deyiladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, haqiqiy xarajatlar va olingan daromadlar relevantli, deb qaralmaydi, chunki qanday boshqaruv qarorlari qabul qilishdan qat’i nazar ularning miqdorini o’zgartirib bo’lmaydi.
To’plamlar (tenglamalar) usuli yordamida zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |