Marjinal daromad usuli tenglamalar usulining turlaridan biri hisoblanadi. Bunda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Doimiy xarajatlar Zararsizlik nuqtasi = ----------------------------------------- Marjinal daromad normasi Chidamlilikning marjinal zahirasi – bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olinadigan haqiqiy tushumning sotishni zararsizligini ta’minlovchi ostonaviy tushumdan oshib ketishini ko’rsatuvchi kattalikdir. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan topiladi:
Chidamlilikning (Haqiqiy tushum - Ostonaviy tushum)
marjinal = --------------------------------------------------------
zahirasi Haqiqiy tushum x 100 %
Zararsiz sotuv vaqtida mahsulot bahosini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Chegaraviy tushum
Zararsizlik bahosi = -----------------------------------------------------
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
Mazkur formula yordamida ishlab chiqarish hajmini belgilash, sotish va zarur darajada foyda olish imkonini beradigan bahoni belgilash mumkin.