1-topshiriq. Muammoning yechimini toping.
Bo‘i zulfatro du qism omad hisob, ey no‘shlab,
Z-on yake rutbul lison omad ajam, z-on yak arab
(Tarjimasi:
Ey shirinlab, zulfing hidining hisobi ikki qism hisoblanadi,
Uning bir qismidan ajamlar va ikkinchi qismidan arablarning tillari bahra oladi).
2-topshiriq. Matn tabdili
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Hasaniy M., Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy masalalari. Toshkent, 2011.
Sirojiddinov Sh., Umarova S. O`zbek matnshunosligi qirralari. Toshkent: Akademnashr, 2015
11-amaliy mashg`ulot. Janrlar bo`yicha qo`lyozma matnlarni farqlash
Matnlar janr va nashr turlari bo‘yicha tasniflanadi. Janr turlariga adabiy (devon, doston-masnaviy, qasida va shu kabilar), tarixiy (tarix-yilnomalar, tazkira-esdalik, manoqib, vaqfiya va shu kabilar), yozishmalar (maktubot, ruq’aot, munshaot va shu kabilar), diniy (tafsir, ta’vil, fiqh, kalom, tasavvuf va shu kabilar), fan sohalariga bag‘ishlangan matnlar kiradi. Turli to‘plamlar, monografik risolalar, majmualar, bayozlar shaklida ko‘chirilgan yoki toshbosma usulida chop etilgan asarlar nashr turlari bo‘yicha tasniflanadi.Tasniflash matnshunos uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, tadqiq etilayotgan matn turli janr va nashr turlariga xos belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tazkiralarda biografik ma’lumotlar bilan birga she’rlardan parchalar, xatlardan namunalar yoki tarixiy lavhalar qorishiq keladi. Devonlar esa, muayyan strukturaga ega bo‘lib, bu tartib buzilishi uning majmuaga aylanib qolishiga olib keladi. Bayozlar tazkiralar kabi to‘plam-antologiyalar xarakterida bo‘lsa-da, ularning tarkibini shoirlar ijodlaridan namunalar tashkil etadi.
1-TOPSHIRIQ. Quyidagi jadval asosida matnning janr turlariga misol keltiring.
Adabiy matn
|
Tarixiy matn
|
Yozishma matn
|
Diniy matn
|
“Xamsa”
|
“Zafarnoma”
|
“Munshaot”
|
“Shavohidi nubuvva”
|
.....
|
......
|
.......
|
........
|
2-TOPSHIRIQ. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va uning janriga ko`ra turini aniqlang.
“Qimmatbaho ipak kiyimning bozori chaqqon bo`lsa-da, bo`zning ham xaridori bordir. Agarchi dur shohlarning quloqlariga munosib bo`lsa ham, shohning naqqoshi baliqning qulog`ini olib ketadi”. (bu yerda asl matnning tarjimasini keltirdik)
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T. : Akademnashr, 2015.
Sirojiddinov Sh. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. Toshkent, 2018.
Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. –Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017. 216 b
Do'stlaringiz bilan baham: |