Matnshunoslik


Lug‘atlar va ularning asar matnlari sharhidagi o‘rni



Download 1,9 Mb.
bet18/101
Sana13.06.2022
Hajmi1,9 Mb.
#665765
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
УМК МАТНШУНОСЛИК2020-2021

Lug‘atlar va ularning asar matnlari sharhidagi o‘rni. Xalqimizning ma’naviyatini ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ijodiyoti, ayniqsa, uning «Xamsa» - qomusiy asarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Albatta, Alisher Navoiy asarlarini asl holida o‘qib, undan ma’naviy huzurlanish, ma’nolaridan, ohang va badiiy san’atlaridan zavqlanish kerak. Buning o‘rnini biror tabdil, sharh bosolmaydi. Biroq bugungi o‘quvchi va Navoiy yashagan zamon o‘rtasida besh yarim asrlik masofa yotibdi. Qolaversa, bu masofani bartaraf etishni yanada qiyinlashtiradigan zamon bilan aloqador boshqa to‘siqlar ham borki, ularni yengib o‘tmay, o‘quvchining Navoiy merosi, ma’naviyatiga yo‘l topishi amri mahol. Shu bois «Xamsa» dostonlarini soddalashtirib o‘quvchiga yetkazish, nasriylashtirib tushuntirish, ommalashtirish, zamonaviylashtirish, bu ulug‘ ma’naviyat xazinasidan qisman bo‘lsa-da o‘quvchini bahramand qilish maqsadlarida o‘tgan ikki asrlik tarix davomida ular asosida bir necha bor nasriy qissalar, nasriy bayonlar, tabdillar yaratilgan. Demak, zamonaviy tabdillar, sharhlar ko‘magisiz maxsus tayyorgarligi bo‘lmagan o‘quvchining Navoiy asarlarini bevosita qabul qilishi qiyin. Tabdil, nasriy bayon yoki sharh o‘quvchi oldida ulkan to‘siq bo‘lib yotgan Navoiygacha bo‘lgan masofani bartaraf etib, uni asliyatga yaqinlashtiradigan muhim va foydali yo‘ldir.
Navoiy asarlari asliyati va bugungi o‘quvchi imkoniyatlari orasidagi farqlar haqida gapirganda birinchi galda davr bilan bog‘liq tildagi o‘zgarishlarni qayd etish mumkin. Ikkinchidan, Navoiy o‘z ijodida arxaik so‘zlar, arabiy va forsiy so‘z va izofalardan mumtoz adabiyotga mansub boshqa shoirlarga nisbatan ham ancha keng foydalangan. Uchinchidan, baytlardagi ko‘p ma’nolilik, ularning asosan majoz va ramzlarga qurilganligi ularni baytma-bayt sharhlashni, mutaxassisning juda ko‘p izohlar bilan o‘quvchiga ko‘makka kelishini talab qiladi. To‘rtinchidan, Navoiy asarlari asl mohiyatini idrok etish uchun o‘quvchi avvalo u mansub bo‘lgan maslak, u e’tiqod qo‘ygan haqiqatlardan xabardor bo‘lishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, bularning bari Navoiy asarlari asliyatini bugungi o‘quvchiga jiddiy sharhlab, nasriylashtirib taqdim etishni taqozo etadi. O‘tgan ikki asr mobaynida aynan ana shu sabablarga ko‘ra «Xamsa» dostonlarining turli shakl va saviyada yaratilgan bir necha nasriy tabdillari maydonga keldi. To‘g‘ri, XIX asrda Navoiy «Xamsa» si dostonlari asosida yaratilgan dastlabki nasriy qissalarni asliyatning to‘la ma’nodagi muqobillari, tabdillari deb atash mushkul, sho‘rolar davrida paydo bo‘lgan eng so‘nggi nasriy bayonlar ilmiyligi, mukammalligi bilan bunday muqobillikka davogar bo‘la olsa-da, biroq ular ham o‘sha zamon mafkurasi ta’sirida muayyan mahdudliklardan xoli emas. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda mazkur talqinlarni ham qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji borligi sezilmoqda.
Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlarni 3 turga ajratish mumkin:
I. Umumiy asarlarga tuzilgan lug‘atlar
II. Muayyan asarlar materiallari qo‘llanilgan lug‘atlar
III. Navoiy asarlari qo‘lyozmalaridagi lug‘atlar
Navoiy asarlari Navoiyning hayotlik davridagi turkiy va forsiy xalqlar yashaydigan juda ko‘p mamlakatlarga tarqalgan va izdoshlar paydo etgan edi.Uning vafotidan so‘ng Navoiy asarlarining ixlosmandlari orta bordi, uning ajoyib ijodi va tili xalqlarni borgan sari ko‘proq maftun eta bordi. Uning asarlarini ko‘paytirish, uslubiga ergashish, til xususiyatlarini o‘rganish davom etdi, Navoiy asarlari yuzasidan turli hajm va variantlarda lug‘atchalar tuzila boshlandi. XVI asr boshida yaratilgan turkiy-forsiy «Badoye’ul lug‘at», 1759-1760 yillar Mirza Mahdixon tomonidan tuzilgan turkiy-forsiy «Sangloh» lug‘ati, 1862 yilda Fath Alixon tuzgan «Kitobi lug‘ati atrokiya», 1849 yilda Navoiy devonidagi qiyin so‘zlar izohi uchun tuzilgan «Farhangi hazrat mir Alisher mulaqqab ba al Navoiy» lug‘atlarini umumiy asarlarga tuzilgan lug‘atlar sirasiga kiritish mumkin. Aynan, Navoiy «Xamsa» siga tuzilgan alohida qo‘lyozma lug‘atlar ham uchraydi. Yoki Navoiy asarlariga she’riy lug‘atlar ham tuzilganligi fakti ahamiyatga molikdir.
Navoiy asarlari materiallari foydalanilgan lug‘atlarda Navoiy asarlari lug‘at uchun maxsus obyekt bo‘lmay, balki material bergan, xolos. Shunga qaramay, bunday lug‘atlarni tuzishda ham Navoiy asarlari, «Xamsa» materiallaridan foydalanilgan bo‘lsa-da, ularning Navoiy dostonlarini nasriylashtirishda o‘rni bor. Bunday lug‘atlarga misol qilib 1552 yilda kitobat qilingan «Abushqa», boburiylar davrida yaratilgan turkiy-forsiy «Lug‘ati Turkiy» larni aytish mumkin.
Navoiy asarlari qo‘lyozmalaridagi lug‘atlarga Navoiy asarlari, aniqrog‘i «Xamsa»si qo‘lyozmalaridagi matni atrofiga hoshiyalarga yozilgan lug‘atlarni kiritish mumkin. Bunday lug‘atlarga matndagi bir qism so‘zlar ayni o‘rinda izohlanib ketilaveradi. Masalan, 1845-48 yillarda ko‘chirilgan qo‘lyozmada noma’lum shaxs tomonidan «Xamsa» ning uch dostoni – «Sab’ai sayyor», «Layli va Majnun» hamda «Saddi Iskandariy»larda uchragan qiyin so‘zlarni tushuntirish uchun shunday lug‘at yaratilgan (q.: O‘zR FASHI, №7863; Xamsa bo halli lug‘at, 1985, 592.-634b). Bunday lug‘atning qulayligi matndagi tushunilishi qiyin so‘zlar ma’nosini, ayni o‘rinda, hoshiyada izohlashdir. Lekin cheklanganligi ham bor: bunday lug‘at bir yoki nari borsa undan nusxa ko‘chirilgan boshqa nusxa doirasida qolib ketadi. Lekin yuqoridagi tur lug‘atlardan farqli ravishda, qo‘lyozmadagi bunday lug‘atlarda matn talqini kuchliroq aks etadi. Chunki bunda matnga yondashgan kotib yoki muayyan shaxs didi, matn va uni tashkil qilgan so‘zlarga munosabati, so‘z ma’nolari tarixi yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.
Qo‘lyozmalardagi lug‘atlarni matn talqini nuqtai nazaridan o‘rganishda bir necha jihatlarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi:
- lug‘atning joylashish o‘rnining o‘ziga yarasha ahamiyati mavjud bo‘lib, matn talqini bilan ko‘p jihatdan bog‘lanadi. Qo‘lyozmalardagi lug‘atlarning bir qo‘lyozma doirasida, «Xamsa» ning barcha dostonlariga birdek tuzilishi holati kam uchraydi. Hatto, «Xamsa» ning bir dostoniga boshidan oxirigacha tuzilgan lug‘atlar ham yo‘q hisobi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish