Matnshunoslik fanidan yozgan mustaqil ishi qabul qildi: alimardonov elyor topshirdi : sadiyeva nafisa



Download 123,2 Kb.
bet5/8
Sana16.07.2021
Hajmi123,2 Kb.
#121397
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Matnshunoslikdan mustaqil ish

Dar ko‘chai oshiqi ba paymon durust,

Meguft ba man ahli dile ro‘zi naxust,

Tolib matalab kasse, ki o‘ g‘ayri tu just,

Tu tolibi o‘ bosh, ki o‘ tolibi tust.

Kitobxonga matn to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun tarjimalar ham keltirilgan. S.G‘anieva ushbu ruboiyning tarjimasini shunday beradi: “Oshiqlik ko‘chasida ahdi paymoni mustahkam bo‘lgan bir ahli dil(ya’ni dilbar, dildor) menga aytgan edi: Sendan boshqani qidirgan kishini talabgorlikka undama, sen shunday kishiga talabgor bo‘lginki, u ham senga talabgor bo‘lsin”.

S.G‘anieva ruboiy ma’nosini qisqa, aniq tarzda o‘quvchiga etkazishga harakat qilgan. Ushbu ruboiy tarjimasini o‘ziga xos sharh deyish mumkin. E’tibor bersak, ruboiyning aslida “tolib” so‘zi uch marotaba qo‘llangan, tarjimada shu tushuncha ma’nosini beruvchi “talabgor” so‘zi shuncha keltirilgan.

“Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida Navoiy Mavlono Osafiy haqida shunday yozadi: “Mavlono Osafiy – otasi podshohi zamonning vazorat devonida muhr bosibdur va o‘zining tab’i ta’rif qilg‘ucha bor va hofizasi ham bag‘oyat xubdur. Ammo ne tab’in ishga buyurur, ne hofizasin. YAtimvashlik va ra’nosifatliq va xudroylik va xudroylik bila avqotin zoe’ qilur. Bu nav’ g‘arib sifoti ko‘pdurki, agar desa so‘z uzolur. Mutloqo pandpazir emas. Bu jihatdin bag‘oyat parishondur. Yaxshi abyoti bor”.

S.G‘anieva Mavlono Osafiy, ya’ni Xoja Shamsiddin Hiraviy shaxsi haqida bir qancha qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni keltiradi. Olima avval shoir tug‘ilgan, vafot etgan yil hamda o‘rnini ko‘rsatadi. Keyin Osafiyning devon tartib bergani, uning devoni 1968 yili Tehronda Hodi Arfa’ Kirmoniy tomonidan so‘zboshi bilan nashr ettirilganini yozadi. Sharhda Navoiy o‘zining “Soqiynoma”sida Osafiyni yaqin do‘stlari, hammaslaklari qatorida hamda zakovatli shoir sifatida tilga olishi qayd etilgan. Shu bilan birga Xondamirning “Makorim ul-axloq” va Vosifiyning “Badoe’ ul-vaqoe’” asarida Osafiy haqidagi ma’lumotlar borligi ko‘rsatilgan. S.G‘anieva mutarjim Faxriy Hirotiy keltirgan Osafiyning bir bayti tarjimasini ham sharhda beradi. Sharhda Osafiyning Navoiy vafotiga yozgan marsiyasidan bir bayt va tushirgan ta’rixi keltirilgan. S.G‘anieva sharhda tazkirada Navoiyning bu shoir haqidagi ma’lumotlarini umuman takrorlamaydi. S.G‘anievaning Osafiy haqidagi ma’lumotlari tugal va batafsilligi bilan muhim ilmiy qimmatga egadir.

“Majolis un-nafois”da Alisher Navoiy bevosita biror munosabat bilan tilga olib, lekin bunday shaxslar haqida to‘la to‘xtalishni lozim topmagan o‘rinlar ham bor. S.G‘anieva matn izoh va tarjimalarini tayyorlashda shunday o‘rinlarga ahamiyat qaratgan. Masalan, “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida Imom Ali Muso ar-Rizo, Mehri, Anvariy, Xoja Salmon, SHayx Kamol, Mavlono Sa’diddin Koshg‘ariy kabilarning ismlari qayd etilgan. Ikkinchi majlisda Abu Hanifa, Ibn Hojib, Sayid SHarif, SHayx Zayniddin, Xoja Abdulloh Ansoriy, Imom Faxr, Amir Suhayliy, Hazrat Shayx, Shayx Farididdin Attor, Shayx Bahovaddin Umar, Xoja Abu Nasr Porso, Hazrat SHayx Abusaid Abdulxayr, Kichik mirzo, Mavlono Ja’far, Hazrat Ahmad Jomiy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Ahmad Hojibek kabilar tilga olingan. Lekin bu kabi shaxslarga tazkirada maxsus fiqra ajratilmagan. S. G‘anieva ularning shaxsiy hayoti, ijodi va o‘z davrida tutgan o‘rni borasida ma’lumotlar keltiradi. Matnshunos tomonidan berilgan bunday aniq va qisqa sharhlar “Majolis un-nafois” nashrini boyitadi. Umuman, “Majolis un-nafois” nashri matni uchun sharh va tarjimalarning umumiy soni 706taga (muqaddima – 16 sharh, I majlis – 119, II majlis – 141, III majlis – 194, IV majlis – 106, V majlis – 28, VI majlis – 49, VII majlis – 40, VIII majlis – 13 sharh) etgan.

Ilmiy-ommaviy matnni tayyorlashda matnshunos o‘quvchilarning qaysi toifasiga mo‘ljallanayotganligiga qarab qo‘lyozma asar matnini qisqartirishi, soddalashtirishi, she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki izohlardan foydalanishi mumkin. “Xamsa” dostonlari, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Vaqfiya” kabi asarlar matnlarining nasrlashtirilgan variantlari shunday prinsiplarga asosida yaratilgan.

Yagona nusxadagi asarlarning ilmiy-ommaviy matniga misol qilib Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” asari matnini ko‘rsatish mumkin. Uning yagona, Parij Milliy kutubxonasida 1308–raqami ostida saqlanayotgan nusxasining mikrofilmi 1968 yili professor Hamid Sulaymon tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi fondiga olib kelingan edi. Adabiyotshunos olim Saidbek Hasanov ushbu asarni nashrga tayyorlab, 1971 yili zamonaviy o‘zbek yozuviga transliteratsiya qilib, chop etdi. Unda “Muxtasar” qo‘lyozmasini ko‘chirishda xattot tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, jumladan, so‘zlarning tushirib qoldirilishi, bir so‘z o‘rniga boshqa so‘z yozish, ayrim jumlalarni takrorlab yozish, harflar o‘rnini almashtirish kabi holatlar aniqlanib, muayyan darajada tiklangan. Xattot tomonidan tushirib qoldirilgan so‘z yoki jumlalar katta qavs ichiga olingan. Masalan: qo‘lyozmaning 1a-betida 2 satr yuqoridan “sababi saqiyl” so‘zlari tushib qolgan, bu so‘zlar sababi saqiylshaklida tiklangan. Xattot yanglishib takrorlab ko‘chirgan matnlar kichik qavs ichiga olinib, kitob ilovasida unga izoh berilgan. (Masalan, qarang: 6b -bet 16 -raqamdan iborat.) Katta hajmda takrorlanmagan jumla va so‘zlar qavs ichiga olinmagan va transliteratsiyada ifoda qilinmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh berib ketilgan. Transliteratsiyada bahr va turli vaznlarga keltirilgan misollar tekshirib borilgan va xattot tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tuzatilib, izoh berilgan. Ba’zi o‘qilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar transliteratsiyada berilmay, /?/ belgisi bilan ko‘rsatilgan. Taxminiy o‘qilgan so‘zlar transliteratsiyada ifodalanib, so‘roq belgisi bilan qavs ichiga olingan. Risolaning to‘liq transliteratsiyasi bilan birga faksimil nashri ham berilgan. Kitobda ismlar, asarlar, geografik va etnik joylar ko‘rsatkichlari alfavit tartibida hozirgi o‘zbek grafikasida, terminlar ko‘rsatkichi esa, hozirgi o‘zbek va arab grafikasida keltirilgan. Ismlar to‘g‘risidagi raqamlar kitobning ko‘rsatilgan betida shu ism haqida ma’lumotlar borligini anglatadi. Ba’zi ismlardagi beti(a, b) ko‘rsatilmagan raqamlar so‘zboshida qo‘yilgan raqamlarni bildiradi. Asarlar nomi ko‘rsatkichida mualliflar nomi qavs ichiga olingan.

Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish, ilmiy-tanqidiy yoki yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanib, bosh prinsipi keng o‘quvchilar auditoriyasi talablarini nazarda tutishdir. Ilmiy-ommaviy matnlarda qo‘llanadigan tekstologik tamoyillarga sharh, izoh va lug‘atlar ilova qilish, nasriy bayoni bilan birga chop etish, o‘zbek yozuviga transliteratsiya qilish, matn to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun tarjimalarni ham keltirish, zarurat tug‘ilganda qo‘lyozma asar matnini qisqartirish, soddalashtirish, she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki izohlardan foydalanish kabilar kiradi.


Download 123,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish