matn qismlarga ajratilgan
(masalan, tafsirda – bitta oyat yoki
bir nechta oyatlar; hadis sharhida – farqlanuvchi rivoyatlar; nazmda –
baytlar, misralar; nasriy asarlarda – umumiy mazmun silsilasidagi
52
Бу асар 2005 йил “Фан” нашриётида чоп қилинди.(Нашрга тайёрловчи: Сайфиддин Сайфуллоҳ)
53
Комилов Н. Бу қадимий санъат... Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,1987,
182-бет.
mikromatn
yoki
propozitsiya
xalqasi;
ilmiy
manbalarda
–
tushunchalarning tizimli tasnifi);
5)
qismning butunga munosabati aniqlangan
(turli suralarga
sochilgan, bitta voqelikka aloqador oyatlarni yolg‘iz oyat tafsirida
jamlash; hadisning har xil rivoyatlarini bitta hukmda markazlashtirish;
baytlar
aro
bog‘lanishlarni
umumiy
yaxlitlikda
tadqiq
etish;
propozitsiyalardan makropropozitsiya hosil qilish);
6)
matnga til tizimidagi hodisa sifatida qaralgan
(matndagi
ayrim so‘zlarning fonetik tuzilishidan tortib, gapdagi morfologik, sintaktik
vazifalarigacha,
lug‘aviy,
istilohiy,
majoziy
ma’nolari-yu,
etimologiyasigacha,
hatto
matnning
psixolingvistik
xususiyatlarigacha
izohlangan).
6-dars. XVI- XIX asr matnshunosligining o‘ziga xos xususiyatlari.
XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligi tarixini kuzatar ekanmiz,
kotiblarning ko‘chirilayotgan asarning ishonchli, qadimiy nusxasini
tanlashga yoki manbaning yig‘ma matnini yaratishga intilganliklarini
ko‘ramiz.
Bu davrda yaratilgan yuzlab qo‘lyozmalarda aks etgan xatoliklar,
muallif matnini buzish hollari, saktaliklar havaskor yoki xattotlik kasbini
egallash yo‘lidagi ilk mashqlar natijasida ham ro‘y berganligini nazardan
qochirmasligimiz kerak. So‘zsiz, matnshunoslikda kotiblar tomonidan
asliyatdagi so‘zlarni bilib-bilmay o‘zgartirilishi nuqson hisoblanadi.
Ayrim adabiyotshunoslar, jumladan, A.Rustamovning fikricha,
muallif davrida ko‘chirilgan qo‘lyozmalar matnidagi o‘zgarishlarni koti b
qilganmi, muallifmi, aniqlash juda qiyin. Olim shunday misolga e’tiborni
qaratadi: “Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarining hamd bobida shunday
baytlar bor:
Mintaqa birla falaki lojuvard,
Sun’i bisotida iki taxta nard.
Solmoq uchun tosi sipehr ichra shayn,
Oyu Quyoshtin qilibon ka’batayn.
Bu misralar “Xamsa” qo‘lyozmalarining Abduljamil nusxasida
berilgan. Ammo Sultonali Mashhadiy nusxasida “tosi sipehr” iborasidagi
“tos” so‘zi “toq” so‘zi bilan almashtirilgan. Agar iboraning o‘zi nazarda
tutilsa, bu o‘zgarish ma’qulga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin falakning nardga,
Quyosh bilan oy ka’batayn – nardning ikki shashqoliga o‘xshatilgani
hisobga olinsa, mazkur tuzatishning aslida buzish bo‘lganligi ma’lum
bo‘ladi”
XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligida ko‘ringan yana bir
yangilik matn mazmunini saqlagan holda uni shaklan o‘zgartirish
hodisasidir. Masalan, XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr boshlarida
Xorazmda yashagan shoir Umar Boqiy Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi
dostonlarni nasriy qissaga aylantirgan. Unga “Nasri Xamsai benazir” deb
nom bergan. Umar Boqiy dostonlarning asosiy voqea va epizodlarini
saqlab qolgan. Umar Boqiy asar kompozitsiyasidan yiroqlashib
ketmasdan, qahramonlar xarakterining asosiy mohiyatini ham saqlashga
harakat etgan. Umar Boqiy tayyorlagan nasriy bayonning diqqatga
sazovor joyi shundaki, bu ish “Xamsa”ni ommalashtirish va uning oddiy
o‘quvchiga tushunarli matnini tuzish yo‘lida qo‘llangan ilk tajribadir.
XIX asr oxiri – XX asr boshidagi toshbosma nusxa tayyorlash
jarayonida olib borilgan amaliy ishlar o‘zbek matnshunosligi bilan
bevosita bog‘liq. Nashr uchun nusxalarning tanlanishi, ularni nashrga
tayyorlash chog‘ida muayyan tahrir ishlarining olib borilishi
matnshunoslik izlanishlarini talab qilardi. Ko‘plab nusxalar orasidan
bosma nashr uchun nusxalarni saralash hamda nashrga tayyorlash
jarayonida ularni qiyosan o‘rganish, lozim bo‘lganda, matniy tafovutlarni
bartaraf etish, xatolarni aniqlab, yagona matnni tuzish ishlari keyingi davr
matnshunosligida muayyan prinsiplarning shakllanishiga zamin yaratdi.
SHu jihatdan toshbosma nusxadagi kitoblar O‘rta Osiyo xalqlari tarixini
o‘rganishda muhim manba bo‘lish bilan birga matnshunoslikning shu
davrga xos xususiyatlarini o‘rganish nuqtai nazaridan ham ahamiyatli
hodisa hisoblanadi.
Toshbosma nashr uchun matn tayyorlashda xattot qo‘lyozmalarni
ma’lum darajada o‘rganib, ularning ishonchlilari asosida toshbosma
uchun matn tayyorlagan va muayyan matnshunoslik faoliyatini olib
borgan.
Matnshunos P.Shamsiev tayyorlagan “Xamsa” dostonlari ilmiy-tanqidiy
matni bilan Abdumannof Hoji ko‘chirgan nusxa matni o‘zaro
solishtirilganda diqqatimizni Abdumannof Hoji asarni ko‘chirishda juda
e’tiborli bo‘lgani tortdi. U muallif matnini asli holicha saqlashga harakat
qilgan ekan.
“Farhod va Shirin” asari ilmiy-tanqidiy matni bilan Abdumannof
Hoji tayyorlagan nusxa matni bir-biriga deyarli mos keladi va dostondagi
baytlar soni ham boshqa toshbosma nusxalariga nisbatan kam tafovut
qiladi. Misol uchun, Abdumannof Hoji tomonidan tayyorlangan litografik
nashrning ba’zi joylarini asar ilmiy-tanqidiy matni bilan o‘zaro qiyosiy
solishtirib ko‘rsak:
بع عبواچونع ع وگ ع عاع وق اک
بع آویاع وکيدوق اکوی سدوگ عاس
(Ko‘zum qonining qamog‘in chu boqib,
Aning dog‘i ko‘zumdek qoni oqib).
Litografik nashrda esa bu bayt quyidagicha yoziladi:
بع عبواچونع ع آوگ ع عاع وق اک
بع آویاع وکيدوق اکوی سدوگ عاس
(Ko‘zum qonining oqmog‘in chu boqib,
Aning dog‘i ko‘zumdek qoni oqib).
Ko‘rinadiki, “Farhod va Shirin”ning ilmiy-tanqidiy matnidagi
“
نع ع وگ ع عاع وق اک
” birikmasi Abdumannof Qori ko‘chirgan nusxada
“
نع ع آوگ ع عاع وق اک
” tarzida yozilgan. Agar “Farhod va Shirin”
dostonining hazaji musaddasi mahzuf(mafoiylun mafoiylun faulun V – – –
V – – – V – –) vaznida yozilganligini inobatga olsak, har ikkala birikma
ham vazn talabiga mos tushadi. Ammo eski o‘zbek tilining grammatik
qurilishiga ko‘ra, -ni tushum kelishigi va – ning qaratqich kelishigi
qo‘shimchasining qo‘llanishida xatolik kelib chiqqan. Shuning uchun ham
dostonning toshbosma matnida “ko‘zum qonining oqmog‘in” birikmasi
o‘rinli qo‘llangan, deb hisoblaymiz.
Lekin ilmiy-tanqidiy matn nashrida shu misradagi “
نع ع
”so‘zidagi “
س
”
alif harfi tushirib qoldirilgan, litografik nusxada “
نع ع آ
” tarzida to‘g‘ri
yozilgan.
Bu davrga xos ilg‘or tendensiyalardan biri yig‘ma-qiyosiy matnlarga
e’tiborning kuchayishidir. Toshbosma nusxa matni mukammalligini o‘z
nazoratiga olgan kishilar asar muharrirlari edilar. Chunki har doim ham
toshbosma uchun xattot tomonidan nusxa tanlanmagan, balki maxsus
kishilar, aytaylik, muharrir qo‘lyozma matnini tanlagan, kotib esa uni
ko‘chirgan. Muharrir deb, aslida, tahrir qiluvchi shaxsga aytiladi. Biroq
XIX asr oxiri – XX asr boshiga kelib muharrir faqat yozadigan, tahrir
qiladigan emas, balki qo‘lyozma manbani nashrga tayyorlashda bevosita
uning nusxalarini o‘rganadigan shaxsning lavozimiga nisbatan
qo‘llaniladigan istilohga aylandi. Ba’zan nashr muharriri manbaning
nusxalarini saralagan, muayyan matnni turli jihatdan tahrir qilib, asosiy
matnni tuzgan, uni bosmaga tayyorlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |