10. Lingvopoetik tahlilning boshqa tahlil turlari bilan o‘zaro bog‘liqligini tushuntirib bering.
Lingvopoetik tahlil boshqa tahlil turlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu tahlilsiz ularni ham tasavvur qilish qiyin. Masalan lingvopoetik tahlil lingvistik tahlil bn o'zaro aloqador.
11. Matnni tushunish uchun qanday ko‘rsatkichlar hisobga olinishi lozim?
O'qish davomida matnni tushunish uchun uni qayta-qayta o'qish, takrorlash lozim. Uni tushunishda matn tezligi ham ahamiyatga ega.
12. Poetika keng ma’noda qanday ma’noni anglatadi?
Poetika atamasi keng ma’noda – badiiy adabiyot, uning qonuniyatlari, adabiyot nazariyasi, adabiyot qoidalari, janr, kompozisiya tiplari, syujet qurilishi kabilarni anglatadi. Bunda poetika atamasi bevosita adabiyot nazariyasi atamasining sinonimi vaifasini o'taydi.
13. Tor ma’noda poetika qanday ma’noni anglatadi?
Poetika atamasi tor ma’noda – she'riy asar va uning evolyusiyasi, ularning kelib chiqishi va taqdiri, she'riy stilistika, she'riy nutq va uning xarakteri, turli she'riy va tasviriy
vositalarni ifodalaydi.
14. Matn so‘ziga «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da qanday ta’rif berilgan?
«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida[1] matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 156-betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [r‹lat] 1.Yozilgan, ko‘chirilgan Yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar Yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2.Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo‘lgan She’r, so‘z. 3.Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bu ta’rifda matnning asosiy xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
15. Nutqning yozma va og‘zaki shakllari haqida ma’lumot bering.
Ma`lumki, nutq og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Og’zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og’zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrir imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Og’zaki nutqda fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Og’zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalargina aytiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog’liq.
Yozma nutq yozma ravishda namoyon bo'ladi. Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutq qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahlil qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko’paytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |