3. Tenglamani yechish. Bunda ikkinchi bosqichga asosan tuzilgan tenglamani yechib, noma’lumning qiymatlari topiladi.
4. Masala shartini qanoatlantiruvchi yechimni tanlab olish. Bu bosqichda о‘zgaruvchining topilgan qiymatlari ichidan masalaning shartini qanoatlantiruvchi qiymatlari tanlab olinadi. О‘zgaruvchining masala shartini qanoatlantirmaydigan qiymatlari olinmaydi.
.
Matnli masalalar matematikaning fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va boshqa o‘quv fanlari bilan fanlararo aloqadorligini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Uning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
matnli masala shartlari majmuasidan zaruriy shartlarni maqsadli ajratish ta’limning rivojlantiruvchi xarakterini belgilaydi;
masalaning yoki shartida, yoki yechish jarayonida namoyon bo’ladigan fanlararo xarakteri o’quvchilarning kelgusi kasbiy faoliyatida zarur ko’nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi.