Hujjat bo‘lagini izlash va almashtirish. Hujjat bo‘lagini izlash yoki uni almashtirish uchun «Edit-Find» va «Edit-Replase» komandasi ishlatiladi. Ruslashtirilgan variantida «Правка-найти» va «Правка-заменить» komandalari ishlatiladi. Bu komandalar berilganda ekranda muloqot darchasi chiqadi. U joydan «Find What» maydoniga izlanayotgan bo‘lak yoziladi va «Find next» tugmachasi bosilib shu bo‘lak ketma-ket izlanadi. Almashtirish uchun esa «Find-What» maydoniga izlanadigan bo‘lak yoziladi. «Replace With» maydoniga yangi almashtirish uchun kerak bo‘lgan so‘z yoziladi. Oldin «Find-Next» tugmachasi keyin «Replase» tugmachasi bosiladi.