Komandani bekor qilish yoki orqaga qaytarish. Word matn muharririning o‘ziga xos imkoniyatlaridan biri bu kiritilgan operatsiyalar va komandalarni ish jaroyonida xotirada saqlab turishidir.
Word prosessori o‘z xotirasida 100 ta ketma-ket berilgan operatsiyalarni saqlash imkoniga ega. Bu yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilashda juda foydalidir. Bu operasiyalarni orqaga qaytarish uchun Word muloqot oynasida «Стандарт» instrumentlar panelining o‘rta qismida joylashgan orqaga va oldinga qaytish ko‘rsatkichi belgisi chizilgan piktogrammalar yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |