Kichraytirish (litota) deganda mubolag‘aning aksi tushuniladi. “Lekin mohiyat e‘tibori bilan ular qarama-qarshi hodisalar emas, har ikkisi ham voqelikni haddan tashqari kuchaytirib tasvirlashga xizmat qiladi, faqat ularning ifodalanish usulida farq bor: giperbolada voqelik to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita bo‘rttirib ko‘rsatilsa, litotada biror voqelikni kichraytirish vositasida beriladi”. - Tilimni qichitma, jo‘jaxo‘roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqillab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-e, sening xo‘roz bo‘lishingga hali o‘n to‘rt present bor (A.Qahhor). Bunda qarshidagi insonni “jo‘jaxo‘roz” deb kichraytirish orqali o‘zining kuchli ekanligi ta’kidlanyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |