Urganch Davlat Universiteti Filologiya fakulteti
òzbek tili yònalishi 173-guruh talabasi
Yòldashova Rayxonning Tahrir amaliyoti
Bo’yicha yozgan maqolasi.
Matnazar Abdulhakim ijodida undalma va kiritma
Matnazar Abdulhakimdir bugungi badiiy-falsafiy lirikamiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan shoirlardan biri. Uning toʻrtlik, gʻazal, sonet, turkum sheʼrlari va dostonlaridagi hikmatga yoʻgʻrilgan qarashlari mazmunan teranligi bois o'quvchilar mehrini qozongan.1
Atoqli shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Matnazar Abdulhakim 1948 yilning 20 -fevralida Urganch tumanida tug'ilgan. Uning «Tiniq tonglar» (1982), «Fasllar qo‘shig‘i» (1984), «Qor qo‘shig‘i» (1990), «Yonimdagi daryolar» (1993), «Qorachikdagi dunyo» (1994), «Bir kuchoq gul», «Oydinlik» (1997), «So‘nggi yaproq» (1999) kabi kitoblari nashr qilingan.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov (oxirati obod bo‘lsin) adib haqida shunday yozadi: “Matnazar bilan ko‘rishgach, keyingi ko‘p suhbatlar davomida uning chindan ham donishmand, o‘ta halol, to‘g‘ri so‘z, bag‘ri keng va ayni chog‘da nihoyatda nozik fikrlaydigan inson ekanini bildim. Bizning o‘rtamizda ko‘zga tashlanib turmasa-da, do‘stlik, ajib bir fikrdoshlik rishtalari paydo bo‘ldi”.
Shoir X.Davron MAbdulhakim bilan o‘rtalaridagi she’riy yozishmalar, bag‘ishlovlar haqida so‘zlab berdi. “Matnazar Abdulhakim ijodi bilan yaqindan tanish kitobxon borki, bu donishmand ijodkorning yozganlari falsafiy mushohadaga boy ekanligini yaxshi biladi. Matnazar akani yaxshi bilganlar uning ijodi - hayot mazmuniga aylanganligini yaxshi bilishadi. U kishi ruhiyatini juda nozik ilg‘ay oladigan inson edi”, -dedi H.Davron.
“ Undalma sòzlovchining nutqi qaratilgan shaxs narsa tushunchani bildiruvchi murojaat birliklardir. Kiritma sòzlovchi òzi aytayotgan fikrga qòchimcha munosabatni yoki qòshimcha izoh axbarotni kirish va kiritmalar orqali beradi.”2 M.Abdulhakim ijodida undalma va kiritmalarning qo'llanilishi,ularning ifodalanishi,ayniqsa,Xorazm shevasida o'quvchilarni yanada xis-hayajonga g'arq qiladi.Matnazar Abdulhakim ijodidan ,,Osmonga xat "nomli she'rida shunday misralarni uchratamiz va undalmani kòramiz.
Umid bilan sochmokda yog‘du
Nurli choparlarim — ko‘zlarim.
Ular endi so‘nmas… Elchiga
O‘lim yo‘q-ku, axir, do‘stlarim!
Bu yerdagi do'slarim-undalma vazifasida kelib badiiy she'r joziba va emotsiyasini oshirish vazifasini bajaryapdi. Bu yerda undalma misra oxirida kelib subyektiv baho,ya'ni ijobiy ma'no anglatayotgani yaqqol kòrinib turibdi.
IBODAT
Rad etmagil dahriy deb meni, Mustajob et ezgu duoyim.
O‘g‘il ko‘rsin o‘g‘li yo‘q odam, Qizi yo‘qqa qiz ber, Xudoyim.
Bu yerda Xudoyim so'zi undalma hisoblanadi.Bu she'rda.ham undalma misra oxirida kelinb subyektiv baho vazifasida ijobiy bòyoqlik,ya'ni yalinish o'tinch hissiyotini ifodalamoqda.
Baxt izladim men dala, dashtdan,
Orzuim bol, umidim – asal.
Onaginam!
Seni aldashdan
Halokatni sanadim afzal.
Bu yerda Onaginam sòzi undalma hisoblanib,ta'kidlash va subyektiv ijobiy,ya'ni o'ziga yaqin olish mehrni ifodalamoqda.
Gullar ichdim ichgandek qasam,
Loyiq bo‘ldim zahmatkash safga.
Balki… balki yanglishib ba’zan,
Qo‘nib qo‘ydim sassiq alafga.
Bu yerda "Balki"so'zi sodda kiritma ya'ni gumon ma'nosidagi kiritma vazifasida kelyapti.
Noz bo‘ylardan uyg‘onib sahar,
Uchmoqqa yo‘q, ehtimol, haqqim.
Balki, asal deganim zahar,
Bol deganim, ehtimol, zaqqum.
Bu yerda "ehtimol"sòzi ham sodda kiritma,ya'ni gumon ma'nosini ifodalayapti.
Xullas, o‘zing bilasan, onam, Sen ming sirdan xabardor hakim.
Xohla, meni qabul et, mana, Xohla, mana, bo‘g‘ib tashlagin.
Bu yerda "xullas"sodda kiritma ya'ni fikrni xulosalovchi mazmun bildrsa,"onam" sòzi esa undalma bòlib kelgan.
Muqarrar bo‘l, erkam, bamisli bahor,
Nom-nishon qoldirma qahrlarimdan.
Loyiqdir erisa boshimdagi qor,
Chechaklar unsa yonbag‘irlarimda.
Bu yerda "erkam"sòzi undalma vazifasida kelgan dadil ishonch baģishlash ma'nosida murojaat qilinyapti
Befarq edim, yayrab quvonsang, ajab,
Pisand qilmadim g‘am yeganligingni.
Bugun bir zirqirab ketding bo‘lakcha,
Payqadim ko‘ksimda ekanligingni.
Bu baytda "ajab"sòzi sodda kiritma bòlib,hayrat va qilinmoqchi bo'lgan ishga moyillik ma'nosini ifodalayapti.
Baribir, sen hali yashamog‘ing shart,
O‘zing bemor bo‘lding, o‘zing bo‘l hakim.
Og‘riqlar muborak, qutlug‘ bo‘lsin dard,
Assalomu alaykum, yuragim!3
Bu yerda "baribir"sòzi sodda kiritma fikrni xulosalash vazifasida,"yuragim"esa undalma subyektiv baho ma'nosini anglatyapti.
XORAZMCHA OHANGLARDA
Sani gulganlaring gul adi, yorim,
Gulingni oponglo yulib qo‘yipti.
Ichonloro qomob, qulplop ustingnan.
Qaysi qo‘li cho‘mmiq ilib qo‘yipti.
Bu yerda "yorim"sòzi undalma hisoblanib,misra oxirida kelib ijobiy subyektiv baho shakllaridan biri hisoblanadi.
Xulosa.
Badiiy adabiyotda,ayniqsa she'riyatda undalma va kiritmalar shoir va asardagi lirik qahramonni xis-hayajon,emotsiya,vaziyat voqealarni kitobxon òquvchi qalbi va ongiga ta'sirchan va tushunarli tarzda yetib borishi uchun juda yordam beruvchi sitaktik birliklar hisoblanadi.
Xorazmning ajoyib shoirlaridan biri bo'lgan faxrli ustozimiz Matnazar Abdulhakim ham o'z she'riyati,asarlarida undalma va kiritmalardan o'z o'rnida va o'rinli ishlata olgan desak mubolmag'a bo'lmaydi,albatta.
Shoir she'riyatga nazar solar ekanmiz o'quvchi yuragiga kirib boradigan samimiyatni his qilamiz.Asarlaridagi undalma va kiritmalarning birontasi salbiy ma'noda qo'llanmagani uslubiy bo'yog'i bilan o'ziga maftun qilib qo'yishi bilan e'tiborimizni tortadi.Shu bilan birga asarlarida xalqona ruh ufurib turadi.
Matnazar Aadulhakim she'rlaridagi undalma va kiritmalarni o'qib shunga amin bo'ldimki,undalmala asar ta'sirchanligini bevosita oshiradi va zavq bilan asar ruhiyatiga singib ketishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1.Sayfullayeva R.R,Mengliyev B.R, Boqiyeva G.H va boshqalar "Hozirgi o'zbek adabiy tili" "Fan va texnologiya"nashriyoti. 2009
2. Ma'ruza matni Oliy o'quv yurtlari uchun UrDu 2019
3 .Matnazar Abdulhakim she'rlari
4 Internet saytlari:Ziyonet.uz,kitob.uz.
5 M. Abdulhakim. “ Shoirning ilk qo’shihg’i
Do'stlaringiz bilan baham: |