MATN YARATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI REJA:
Reja
1.Matn va uning turlari.
Mos manbalarni topish. Matnda tanqidiy munosabatlarni rivojlantirish.
Iqtisodiy matnga fakt to‘plash. Ixtisoslikka oid matnga termin tanlash.
Matnni tahrir qilish. Ko‘chirmachilikning salbiy oqibatlari.
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi
|
hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir.
|
|
Ma’lum voqelik
|
U o‘ziga
|
xos
|
asar hisoblanishi
|
va
|
|
haqida tasavvur
|
mazmuniga ko’ra ilmiy, rasmiy, badiiy va
|
|
(ma’lumot) beradigan
|
|
hokazo, yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.
|
|
bir yoki bir necha
|
|
sintaktik birliklardan
|
Matn ikki xil
|
ko‘rinishda
|
bo‘ladi:
|
|
tashkil topgan nutqiy
|
|
dialogik va monologik. Dialogik matn ikki
|
|
butunlik matn
|
|
hisoblanadi.
|
va undan ortiq suhbatdoshning turlicha
|
|
|
|
|
mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan
|
|
|
iborat.
|
|
|
|
|
|
Dialogik matn tarkibida
|
so‘roq olmoshlari,
|
muomala odobiga
|
oid so‘z
|
va
|
|
iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush(harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik
sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng
kichik ma’nodorbirlik), so ‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so ‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o ‘rganadi.
Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan
ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap
ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |