Matn lingvistikasi



Download 401,24 Kb.
bet35/77
Sana26.04.2022
Hajmi401,24 Kb.
#584761
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
B.Yo\'ldoshev Matn Lingvistikasi

Chet va haqorat so‘zlari

Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o‘zga tilga oid so‘z va iboralar qo‘llanishi kuzatiladi. Tilning lug‘at tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og‘zaki nutqda mavjud bo‘lgan bunday chet so‘zlaridan badiiy nutqda qahramon xarakteri, milliy mansubligi va ichki dunyosi tasvirida hamda voqea-hodisaga xorijga xoslik ta’kidini berish maqsadida ishlatiladi. SHuningdek, voqealar bo‘lib o‘tayotgan o‘ringa ishora qilish yoki nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi haqida ma’lumot berish istagi bilan ham kiritilishi mumkin. Bunday birliklar varvarizm (ayrim adabiyotlarda ekzotizm)lar deb yuritiladi. Masalan, quyidagi parchada tatar millatiga mansub Fatxullin ismli amaldor nutqida keltirilgan varvarizmlar qahramon xarakterini to‘liq ochib berishga xizmat qilgan:- O‘xu, tolkoviy malay shul. Bundan otlichniy kommunist chiqa. Ul partiya uchun atisidan kechdi. Dinsiz ekanini dokazat etish uchun kolbasa yib kursatdi. Buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Tolko patriot kommunistgina kolbasani shulay eyishi mumkin. Bravo, bravo! (S.Ahmad)


Tilshunoslikda vulgarizmlar deb ataluvchi haqorat so‘zlarida o‘ta salbiy munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq ko‘rinib turgan bo‘ladi. Bunday so‘zlar ko‘proq nominativ ma’nolariga ko‘ra emas, ayni shu konnotativ ma’nolariga ko‘ra nutqda yashaydi. Haqorat so‘zlari badiiy asarlarda asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, mavqei, yoshi kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va nima sababdan qo‘llanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Misollar: –Hey! Baqqa tush, enag‘ar!, Momo qo-oldi... YUraging sovudimi, haromi? Endi yaylov keng bo‘ldi senga! Bog‘da javlon urasan, silkasal! (Sh.Xolmirzayev) - Ahmoq! – dedi kampir. – Qayoqlarda sanqib yurganding? (S.Ahmad) – Nima, nima? Menga til tegizdi? Nimalar deydi xotintaloq? (Cho‘lpon) -O‘bbo, bachchataloq... (A.Qodiriy). G‘animat g‘arniki, deydilar, -dedi Botir firqa. (T.Murod)



Download 401,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish