Matn lingvistikasi



Download 401,24 Kb.
bet49/77
Sana19.02.2022
Hajmi401,24 Kb.
#457543
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
2 5212943081514473497

1. Muallif-hikoyachi nutqi. Bunda asar voqealarini so‘zlab beruvchi odam yozuvchining o‘zi bo‘ladi. Peyzaj tasviri va qahramonlar qiyofasi, fe’l-atvori, ularning ruhiy holati, ma’naviy takomili hamda ularning ongida ro‘y bergan o‘zgarishlar muallif-hikoyachi nutqida xolis bayon shaklida keltiriladi. Badiiy asar tilining qiziqarli, ta’sirchan bo‘lishi til birliklarining to‘g‘ri tanlanishi, matn mazmuniga mos kelishi muallif-hikoyachi nutqiga bog‘liq. Muallif-hikoyachi nutqida voqelikni tashqaridan kuzatish, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini oshkora yoki yashirin bildirish tarzi sezilib turadi. Agar muallif qahramonga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lsa, tasvirda unga nisbatan muallif-hikoyachi xayrixohligini sezib turamiz.
Saratonning ikkinchi kuni… Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B… mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘on tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otining tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarni qoqar edi. Yigitning uzoqqina yo‘ldan kelganligi, uning kiprik va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa boshlag‘an soqol-murtlariga o‘lturg‘an to‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo‘lg‘an bu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib turg‘an qizil ko‘zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a o‘sib chiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘on bir mahluq edi. (A.Qodiriy)
2. Qahramon-hikoyachi nutqi. Ayrim asarlarda yozuvchi asar voqeasini atayin qahramonga hikoya qildiradi. Masalan, voqealar G‘afur G‘ulomning «Yodgor» qissasida Jo‘ra tilidan, Asqad Muxtorning «Davr mening taqdirimda» romanida Ahmadjon tilidan, O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romanida Rustam tilidan hikoya qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Buni yozuvchining badiiy-estetik niyati bilan bog‘liq ehtiyojdan kelib chiqqan desak adashmagan bo‘lamiz. «Chunki har bir inson dunyoni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, fikrlaydi, tahlil qiladi, baholaydi. Yozuvchi uchun esa o‘z qahramoni haqida uning qanday ekanligini aytishdan ko‘ra, qandayligini ko‘rsata olish, ko‘rsatganda ham personajning xatti-harakati, o‘z xayollari, dunyoqarashi, atrofdagilarga bo‘lgan munosabatida namoyon qila olish, ya’ni uni to‘laligicha aks ettira olish katta yutuqdir. Shu bilan birga kitobxon uchun ham o‘zinikiga aylanib qolgan personajning ruhiy holatlarini, ichki kechinmalarini «eshitgandan» ko‘ra «ko‘rish» maroqliroq, tushunarliroq bo‘ladi».
Qahramonlar nutqi. Badiiy asarda qahramon nutqi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yozuvchi qahramonlar nutqini individuallashtirish orqali ularning ma’naviy dunyosini, ichki kechinmalarini, hissiyotlarini, fikrlash tarzini, dunyoqarashi va atrofidagi voqea-hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Qahramonlar nutqi orqali uning qanday muhitda yoki qaerda yashayotganligi, qaysi shevaga mansubligi, qaysi toifaga mansubligi, kim bilan nima haqida suhbatlashayotganligi, uning suhbatdoshlariga munosabati va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Qahramonlar nutqi dialogik yoki monologik nutq ko‘rinishlarida bo‘ladi. Dialogik nutq deb ikki yoki undan ortiq qahramonning o‘zaro muloqotiga aytiladi. Dialogik nutqda qahramonlar tabiatini aniq ifodalash imkoniyati mavjud. Dialogik nutq tahlili ob’ekti alohida olingan gaplar tahlilidan emas, balki matn tahlilidan iborat bo‘ladi. «Dialogik matn ikki shaxsning mavzuiy va mantiqiy bir butunlikni tashkil etadigan, biri ikkinchisini to‘ldirib, aniqlab, izohlab keladigan gaplar yig‘indisidan tashkil topgan bir butun nutqiy birlikdir».171 Dialogik nutq ko‘rinishida tinglovchiga axborotni tez, aniq, sodda va ta’sirchan etkazish maqsad qilingan bo‘ladi. Shuning uchun suhbat jarayonida ellipsisdan, turli imo-ishoralardan keng foydalaniladi. Mutaxassislar fikricha, «aloqa-aralashuvda so‘z, so‘z birikmasi, gap, ayrim hollarda matnlar ham ellipsisga uchrashi yoki nolisoniy vositalar bilan almashtirilishi mumkin. Dialogik matnlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kommunikantlar aloqa-aralashuv jarayonida nolisoniy vositalardan lisoniy vositani izohlash, to‘ldirish, ta’kidlash, aniqlik kiritish, kompensatsiya qilish (lisoniy birlik o‘rnida qo‘llash) maqsadlarida foydalanadilar».172 Monologik nutq badiiy asar qahramonlarining o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqidir. Ham she’riy ham nasriy asarlarda ishlatiladi. Badiiy asarlardagi maktublar asosan monologik yozma nutq ko‘rinishida bo‘ladi (eslang: Kumushning Otabekka yozgan maktubi, yoki Otabekning Kumushga yozgan maktubi). She’riy matnlarda lirik qahramon kechinmalarini tugal tasvirlash uchun monologik nutqdan foydalaniladi. Ichki monologik nutq - «qahramonning o‘z-o‘zi bilan ichdan gapirishi, fikrlashi, fikr va tuyg‘ularining ichki ifodasidir. Ichki monologda qahramon o‘zining sirli, yashirin fikrlarigacha aytadi, shu boisdan ichki monolog orqali qahramon kitobxon oldida o‘z-o‘zini ochadi. Shuning uchun ham uning shaxsiyatida hech narsa sirli yoki tushunarsiz bo‘lib qolmaydi. Ichki monolog so‘zlashuv nutqidan o‘zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turadi».173
Arosat yalangligida Yigit yolg‘iz o‘zi. Yigit.
Umrim o‘tdi sarsonlikda, sargardonlikda,
Yaxshi-yomon zamonlarni ko‘rib keldim men.
Ba’zan ma’no topa oldim chin insonlikda,
Ba’zan esa uni erga urib keldim men.
Mana, o‘sha tarozibon, u-ku farishta,
Insonlardan ko‘ra yuksak turajak-ku u.
U zotga ham qiyin ekan bundaqa ishda,
Ko‘zlarida allanechuk norizo tuyg‘u.
Qiyin axir ularga ham, qalblari bordir,
Qiyin axir ularga ham-bordir ko‘zlari.
Faqatgina farmon berar Ollohi Qodir,
Lekin qalbni anglamaydi qizlar singari.
Endi qayga borsam ekan bu dasht, sahroda,
Qayga borib padarimni kimdan so‘rasam?
Bilolmasam, kim do‘zaxda, kim arsh-a’loda… (A.Oripov)
Dialogik nutq ham monologik nutq ham uch ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: ichki nutq, tashqi nutq va parallel nutq. Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanida Miryoqubning «men» bilan suhbati dialogik nutq xarakterida lekin ifoda tarzi ichki nutq shaklida berilgan. Parallel nutq - qahramon ichki va tashqi nutqlarining bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘lishidir. Bu nutq shakli ko‘pincha qahramonlar o‘rtasidagi dialog jarayonida kuzatiladi va ichki nutq bunday hollarda suhbatdoshga bo‘lgan munosabatni bildiradi.
Fursatni to‘g‘ri keltirib turib:
-Imperiya nima degani?-deb so‘radim.
-Nega so‘rab yotibsiz?-dedi.
-O‘zingiz bilgan amaldor oshnam bir kun «Imperiya botib boradi» dedi, shunda juda xafa bo‘lib gapirdi.
-Uning imperiya degani o‘ris podshosining qo‘l ostidagi yurtlar. Unda har qaysi millatdan bor, shu qatorda biz sho‘rliklar ham bor. (...) Sog‘in sigirni kim istamaydi? Oppoq, shirin suti bor...
-Nimaning suti bor? –deb so‘radim men.
Kuldi.
-Siz-biz sog‘in sigirmiz, bizning shirin sutimiz bor, ruslar va boshqa ajnabiylar «bizni» emib yotadilar. Bir biz emas. Qarangiz, Hindiston, SHarqiy Turkiston, Tunis, Jazoir, Mag‘ribiston, ya’ni Marokash...
U gapiradi, gapiradi. Men hayron bo‘laman. Muncha nomlarni qaydan biladi? Hammasi qandoq qilib esida turadi? Hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganmi? Yo meni laqillatib, o‘z ichidan chiqarib aytadirmi? (Cho‘lpon)
Sharofuddin Xodjaev bilan Miryoqub o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan ushbu suhbat jarayonida Miryoqubning ichki nutqi bilan tashqi nutqi parallel ravishda berib borilgan. Qahramon ichki dunyosida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aks ettirishda bu usuldan foydalaniladi.
Dramatik asarlar tarkibida izoh xarakteridagi o‘ziga xos matn - remarkalar mavjud bo‘lib, yozuvchi tomonidan kitobxonga, asarni sahnalashtiruvchi rejissyorga yoki aktyorlarga «yordam» ma’nosida kiritilgan bo‘ladi. Remarkada yozuvchining qahramonlar qiyofasi, hatti-harakati, yoshi, voqea joyi hamda, nutq jarayoni haqidagi izohlar beriladi. Asosan dramatik asarlar tiliga xos:

Download 401,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish