Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Lev Tolstoy yuksak badiiy salohiyat bilan tarannum etgan umuminsoniy g‘oyalari orqali bashariyatning ardoqli farzandiga aylanib qolgan. Agar adabiyot odamzotning mangu makoni bo‘lmish Er kurrasi bilan qiyoslanadigan bo‘lsa, so‘z mulkining ham tog‘lari, daryolari, cho‘qqilari, jilg‘alari – tabiiy qiyofasi bor. Lev Tolstoy esa olam ichida alohida olamni tashkil etuvchi, o‘z shamoyiliga ega bir qit`adir. Qaysidir bir rassom hazil surat chizgan ekan. Unda Lev Tolstoy yonboshlab yotibdi, uning azamat gavdasida – elkasida, ko‘kragida, soqoli orasida, burnining ustida, qo‘l-oyog‘ida dunyoning boshqa shoir-yozuvchilari xuddi chumolidek g‘imirlab yurishibdi. Uni ana shunday mahobatli tasavvur etadilar va u shunga loyiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |