Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
O‘g‘lim kunlar o‘tib o‘qishni bitirib ishga joylashdi va men unga solixa bir kelin qidira boshladim. O‘g‘lim otasining ishxonasiga bordi. Ularning ishhonalari yonida bir eski bino bo‘lib, o‘sha kunlari uni buzub, o‘rniga yangi inshoot qurish rejasi bilan quruvchilar ishlashayotgan ekan. Eski binoning orqa tarafida ishchilar buzush ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda binoning orqa tomonidan o‘tayotgan o‘g‘limning, ha, aynan o‘g‘limning ustiga binoning devori ag‘anab, uni bosib qolibdi. Quruvchilar uni o‘tayotganini sezishmagan ham. O‘g‘lim qattiq bir ovoz chiqaribdi-da, boshqa hech narsa demabdi. Buni ko‘rganlar tezlik bilan yiqilgan devorni kavlab o‘g‘limni tortib chiqarishibdi. Tez yordam chaqirilganda, yon-atrofdan ancha-muncha odam to‘plangan ekan. Bu haqida turmush o‘rtog‘im menga xabar berish uchun keldi. Bo‘lib o‘tgan voqeani eshitib xushimdan ketdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |