Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
U «o‘ldiraman» degan sayin ikki qo‘llab boshini mushlar, ovozi hirillab qolgan, og‘zidan ko‘pik sachrar edi. Birpasda peshonasi momataloq bo‘lib ketdi. Keyin o‘zidan-o‘zi qo‘l oyoqlari silkina boshladi. Rangi gezarib, ovozi chiqmay qoldi. Shilqillab yonboshga ag‘darildi. Daxshat ichida o‘zimni dadamning ustiga tashladim.
Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Ana endi dadam meni rosa urushadi! Qo‘limga tag‘in og‘riq kirsa ham tishimni tishimga qo‘yib o‘tiraverdim. Dadam uyga kirib sopol lagan olib chiqdi. Oqsoqlanib bordi-da, hovlidagi xoldastor olmani tepib silkitdi. Alaqancha olma duv etib to‘kildi. U olmalami laganga solib, yuvib keldi. Etigining qo‘njidan suyak sopli pichog‘ini chiqarib bittasini archdi. Ikki pallaga bo‘ldida bir pallasini pichoq uchiga ilib uzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |