Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
– Bilib qo‘yinglar, – dedi U – Siz o‘qigan ertakdagi o‘gay ona zumradni yomon ko‘rsayam, hech bo‘lmasa, o‘zi dunyoga keltirgan qizi qimmatni jonidan ortiq ko‘radi. Afsonalarda onalar bolasining baxti Uchun yuragini sug‘urib beradi. Hayotda esa aksi. Bazi onalarga o‘zi dunyoga keltirgan farzandi ortiqcha yuk bo‘lib qoladi. Ular bolasidan ko‘z yumish evaziga baxtli hayot kechiradilar. Bir baxtiqaroni nima uchun dunyoga keltirganini o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Iloho, tirik etimlik va o‘z onasining o‘gay qarashlaridan Tangri sizlarni asrasin! – dedi-yu, chiqib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |