“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Download 1,36 Mb.
bet23/113
Sana03.08.2021
Hajmi1,36 Mb.
#136826
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI (1)

5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informatif – informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Oddiy xabardan farq qiladi. Estetik maqsad yuklangan bo‘ladi. Narrativ, deskriptiv, argumentli, didaktik kabi matn tiplari tarkibida keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani yakunida shunday bir xabarni keltiradi:

Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.

Bu ham xabar mazmunli matn hisoblanadi. Lekin asar ichida emas balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini ta’kidlash, bunga kitobxonni ishontirish istagi bilan kiritilgan. Bu haqda asar avvalida ham yozuvchi alohida ta’kidlagan edi: «xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.» Balki, yozuvchi, ushbu qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida kitobxonlarga xabar berishni xohlagandir, balki, romanni davom ettirajagini, agar davom ettirilsa voqealar shu mazmunda bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berayotgandir. Bu bizga qorong‘u, lekin keltirilgan matn xabar mazmuniga ega. Asar ichida yozuvchi tomonidan keltirilgan turli havolalar ham informativ xarakterda bo‘lishi mumkin. «O‘tkan kunlar»da muallif Musulmonqulning dovyurakligi haqida shunday havolani keltiradi:

Musulmonqulning o‘zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. tarixida Musulmonqul qo‘qonlilarga asir tushib, uni to‘pdan otib o‘ldirish uchun dordek bir narsaning ustiga o‘tquzurlar. Ikkinchi tomondan to‘pka o‘t berish kutiladir. Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan so‘raydilar: «Endi qalaysan, cho‘loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulilloh, hali ham sizlardan yuqori bir erda o‘ltiribman!»




Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish