Matn: kitob va kitobxonlik madaniyati



Download 21,68 Kb.
bet2/2
Sana22.01.2022
Hajmi21,68 Kb.
#399259
1   2
Bog'liq
15.XI.21

Lug‘at ishi:

Kitob –


Muqaddas kitoblar –

Mutolaa –

Tarbiya –

Ta’lim –


Fikr –

Mulohaza –



REZYUME

Badiiy asarni o‘rganish

Mustaqil o‘rganish

Jamoa bo‘lib o‘rganish

Kinofilm orqali o‘rganish

afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

kamchiligi

afzalligi

kamchiligi



















Savol va topshiriqlar:


  1. Mutolaa diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradimi?

  2. Qanday tarixiy kitoblarni bilasiz .?

  1. Kitob mutolaasi qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega?

  2. Qanday kitoblarni o‘qigansiz?

  3. Sevimli yozuvchi yoki shoiringiz kim?


Topshiriq. Ushbu kitob va nashriyot ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan atamalarni tarjima holida yod oling.

Вид изделия-nashr turi, индекс-ko‘rsatkich raqam, книжная ярмарка-kitob bozori, книжный фонд-kitob jamg‘armasi, контрольный экземпляр-tekshiruv nusxasi, корректор-musahhih, концовка-so‘ngbezak, лист-taboq, макет-xomaki nusxa, набор-harf terish, номинал-qiymat, обложка -muqova, орнамент-naqsh, отзыв-fikr, переплёт-muqova qilish.
Radio, televideniye orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz. Gazeta-jurnallarda e’lon qilinayotgan xabarlarni o‘qiysiz. Badiiy asarlarni mutoala qilib, tilimizning badiiy-estetik quvvatidan bahramand bo‘lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o‘zbek tilida o‘qiysiz, shu bilan birgalikda ko‘cha-ko‘yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga kirishasiz.

Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e’tibor bilan qarasangiz, ularning hammasi garchi o‘zbek tilining bevosita voqealanishi bo‘lsa ham, lekin ma’lum jihatlari bilan bir-biridan farqlanishining guvohi bo‘lasiz.

Demak, adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan bir necha ko‘rinishlari mavjud. Ana shunday ko‘rinishlari nutq uslublari hisoblanadi.

Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan ko‘rinishi nutq uslublari deyiladi.

O‘zbek tilining nutq uslublarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga esa o‘zbek tili uslubiyati deyiladi.

O‘zbek tilining ichki tuzilishinigina o‘rganish bizga bu til haqida to‘la axborotni bera olmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so‘zlarni ma’lum shaxs bildiruvchi so‘zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo‘shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga qo‘llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo‘llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz.

O‘zbek adabiy tili quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi: 1) so‘zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) ilmiy uslub. Bulardan so‘zlashuv uslubi og‘zaki nutqqa xos bo‘lsa, qolgan uslublar esa ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o‘zi esa og‘zaki nutqqa xosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi) ko‘rinishi borligini bilasiz.

Tilimizda barcha uslublarda teng qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so‘zlar ham mavjud. Shuning uchun so‘zlar ana shu belgiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) uslubiy betaraf so‘zlar (masalan, so‘zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va boshqalar); 2) uslubiy xoslangan so‘zlar (mazkur, binobarin, dudoq, irin, qaroq, nigoh, tashlamoq, bayonnoma, nota va boshqalar).



Savol va topshiriqlar:

1. Nutq uslublari nima va ular tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?

2. Nutqning qanday uslublari bor?

3. Uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan so‘zlarga misollar keltiring.

4. Nutq uslublarini bilishda bilimning qanday ahamiyati bor?

1-Topshiriq.. Berilgan matnning qaysi uslubga xosligini aniqlang va uning o‘ziga xos belgilarini aytib bering.

Tildagi har bir so‘z o‘z o‘rnida qo‘llangandagina nutqimiz ko‘rkam, jozibador bo‘ladi.

Masalan, professor, dotsent, prorektor, rektor, direktor kabi so‘zlar rasmiy uslub uchun xos me’yor sanaladi, biroq qolgan uslublarda ularni aynan ishlatib bo‘lmaydi. Ishxonada «Professor E. Begmatov, sizni talabalar kutishyapti» deyish mumkin, lekin uyda unga o‘zining farzandlari «dada» deyishning o‘rniga «professor» deb murojaat qila olishmaydi — me’yor buziladi

SO‘ZLASHUV USLUBI

Kundalik hayotda uyda, ko‘cha-ko‘yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so‘zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi.

Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, axborot uchun eng kerakli so‘zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, kinoteatr chirtaxonasidan chirta olish uchun so‘raysiz:

Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chirta bering deb o‘tirmaysiz).

So‘zlashuv uslubining o‘zi ikki turga bo‘linadi:

1) adabiy so‘zlashuv uslubi; 2) oddiy so‘zlashuv uslubi.

Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo‘ysungan, tartibga solingan so‘zlashuv uslubiga adabiy so‘zlashuv uslubi deyiladi.

Adabiy tilning og‘zaki shakli adabiy so‘zlashuv uslubi orqali amal qiladi.Radioeshittirishlari, televideniye ko‘rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi.

Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli oddiy so‘zlashuv uslubi sanaladi.

Oddiy so‘zlashuv uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, bunga teskari bo‘lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yiladi.



Oddiy so‘zlashuv uslubida gap bo‘laklarining tartibi ham ancha erkin bo‘ladi. Ba’zan shevaga xos so‘zlar, qo‘pol, dag‘al so‘zlar ham kuzatiladi, lekin bularni qo‘llash so‘zlovchining madaniy nutq sohibi emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun siz oddiy so‘zlashuv nutqingizda ham o‘zingizning yuksak madaniyatingizni namoyish eting.

Topshiriq. Xalq donoligi namunalaridan so‘zlashuv uslubiga xoslariga misol keltiring.
Download 21,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish