3. List shtamplash usulida list, lenta, polosa shaklidagi yupqa (10mm) mahsulotlar yumshoq metallar va metallmaslardan turli shakl va o’lchamda tayyorlanadi. Bu usulda avtotraktorlarning 50-60% , asbobsozlikning 70-80% qismlari, ish unumdorligining yuqoriligi, shakl va o’lchamlarning aniqligi, yuzalarining tekisligi bilan ajralib turadigan detallar tayyorlanadi. Bu jarayon ikki bosqichdan tashkil topadi:
1. Xomaki buyum tayyorlash.
2. Xomaki buyumni kutilgan shaklga keltirish.
Shtamplash ishlarida mexanik, gidravlik, pnevmatik presslardan foydalanib, quyidagi shtamplash ishlari bajariladi: 1) Bukish; 2) Botirish; 3) Bort qayirish; 4) Bo’rttirish; 5) Siqish.
Oddiy shtamplash usulida: 1) Elastik materiallar yordamida shtamplash; 2) Bosqichma-bosqich shtamplash; 3) Portlatib; 4) Elektrogidravlik usulda shtamplash bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |