Tog’ridan-togri gul bosish bu oq yoki och rangli gazlamaga gul bosish.
Tezoblash usulida bo’yalgan gazlama gul bosish mashinasidan o’tadi, uning yordamida bo’yoqni emiruvchi modda surkaladi. Keyin gazlamaga qaynoq bug’ ta’sir ettirilib, rangi ketkaziladi, natijada bo’yalgan gazlamada oq naqshlar hosil bo’ladi. Agar bo’yoqni ketkazuvchi modda bilan bir vaqtda gazlamaga boshqa tarkibli bo’yoq surkalsa, rangli gullar hosil bo’ladi.
Tezoblash va rezerv usullar odatda, tuk gazlamaga gul bosish uchun qo’llanadi.
Gazlamadagi gullami mustahkamlash uchun maxsus aparatlarda
gazlamaga qaynoq bug’ ta’sir ettiriladi.
Bo’yoq ifloslanganda, bosma valda ezilgan, raklyada shikastlangan joylar bo’lganda, gazlama yaxshi tayyorlanmaganda, bo’yoq suyuq yoki juda quyuq bo’lganda quyidagi nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin.(3.21-rasm).
Shelchok - raklya tagiga momiq ip tushib qolishidan yoki andazada nuqson borligi tufayli hosil bo’ladigan har xil shakldagi bo’yalgan joylar.
Do'stlaringiz bilan baham: |