Tayanch iboralar: nanotexnologiya, nanomaterial, kukun materiallar, noyob xossali
materiallar, mayda zarralar, yirik zarralar, nanaob’ektlar, atomlar, juda kichik zarralar,
klasterlar.
Nanotexnologiya asosida olingan materiallar haqida dastlabki ma’lumot. Nanotexnologiya
asosida olingan materiallarning mashinasozlikdagi ahamiyati. Nanotexnologiya asosida olingan
materiallar turlari, umumiy xossalari va qo’llanilishi haqida ma’lumotlar.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida material yoki yarim tayyor mahsulot, xomashyo
shakli, xossalari va holatini o’zgartiradigan usullar majmuyiga texnologiya deyiladi.
Nanotexnologiya termini birinchi marta yapon olimi N. Tanituchi tomonidan 1974 yilda
ishlatilgan. Nano-suzini lug’aviy ma’nosiga e’tibor berilsa, “pakana” tushunchasini anglatadi,
ikkinchi tomondan esa bu so’z ilmda ko’proq old qo’shimcha sifatida tanilgan bo’lib, uning
aynan qiymati 0,000000001 metrga teng. Nano so’zi milliarddan bir qism, milliardni bir qismi
degani. Taqqoslash uchun quyidagi kattaliklarga e’tiboringizni qaratamiz: 1 angstrem = 10
-8
sm,
81
1 millimetr = 10
-3
m, 1 mikrometr = 10
-6
m. Demak, nano bu uzunlik birligi. Buni
taqqoslab, his etish uchun shuni aytish kerakki, inson sochining diametri taxminan 50000
nanometrga teng (12.1–rasm). Rasmlardagi uzunlik darajasi nanometrni anglatadi. Keltirilgan
qiymatlar 1 metrdan 10
-10
metr oraliqni tasvirlaydi. Yer shari futbol koptogidan 100 000 000
marta katta, xuddi shuningdek S
60
molekulasidan futbol koptogi shuncha marta katta. 100 nmdan
1 nmgacha bo’lgan oraliq pastda ifodalangan. Nanotexnologiya uchun kerakli va qiziqarlik
oralik 100–0,2 nm hisoblanadi.
13.1–rasm. Nanortexnologiya tushuntiruvchi rasm
Nanotexnologiya asosida nuqsonsiz katta hajmli konstruktsion materiallar olish mumkin.
Xozirda jahonda nanotexnologiyaga uchun yiliga 9–10 milliard dollar sarf qilinyapti: AQSH da
4–5 milliard, Yaponiyada 2–3 milliard. Nanotexnologiyadan keladigan foyda bir necha trillion
dollar kutilyapti.
Nanotexnologiya sanoatda 1994 yildan boshlab qo’llanila boshlagan.
Maxsus biologik, kimyoviy, fizikaviy xossalarga ega materiallar, yangi molekula,
nanostruktura, nanoqurilmalar yaratish maqsadida alohida atomlar, molekulalar va molekulyar
tizimlarni boshqarish va nanoo’lchamdagi makonda yuz berayotgan fizikaviy hamda kimyoviy
jarayonlar qonuniyatlari o’rganidigan fanlararo ilmga nanotexnologiya deyiladi.
Doimiy harakatdagi nanodunyo rivojida yuz bergan quyidagi ikkita voqea muhim
ahamiyatga ega bo’ldi:
1. Skanerlovchi tunnelli mikroskopning yaratilishi(G. Bennig, G. Rohrer,
1982 y.) va
skanerlovchi kuchli–atom mikroskop (G. Bennig, K. Kuatt, K. Gerber,
1986 y.. Nobelь
mukofoti, 1992 y.);
2. Uglerodning tabiatdagi yangi formasining kashf etilishi-fullerenlar (H. Kroto, J.
Health, S. O’Brien, R. Curl, R. Smalley, 1985 y., Nobelь mukofoti, 1996 y.).
Yangi mikroskoplar nanometrik o’lchamda monokrisstallar yuzasi atom-molekulyar
tuzilishini o’rganish imkoniyatinini yaratdi. Qurilma nanometrning yuzdan bir qismini
ko’rsatadi. Skanerlovchi tunelь mikroskopi ishlashi, vakuum to’siqlari orqali elektronlar
tunellashuviga asoslangan. Atom o’lchami kattaligida to’siq kegligi o’zgarganda tunelь toki
miqdori 3 baravarga o’zgaradi, bu esa uning yuqori aniqligini ta’minlaydi.Tunellovchi kvant
nazariyasi 1928–yilda G.A.Gamov tomonidan
parcha-lanish ishida asos solingan.
Hozirga vaqtda biologik ob’ektlar, organik molekulalar, baland haroratda ishlaydigan
yuqori o’tkazuvchilar, yarimo’tkazgichlar, metallar monokristallari yuzasi atom strukturalari
skanerlovchi mikroskoplar yordamida o’rganilmoqda.
82
Yangi mikroskoplar nafaqat moddalarning atom-molekulyar tuzilishini o’rganishda
foydali bo’lmoqda. Ular yordamida nanostrukturalar hosil qilinmoqda. Mikroskop aniq o’tkir
xarakatlari natijasida atom strukturalari yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |