13
ishlab chiqarish mahsulotlari sifatini va samaradorligini oshirish masalalarini mustaqil
yechish, o’zaro almashuvchanlikning asosiy printsiplarini qo’llash ko’nikmasi shakllangan
bo’lishi;
mashinasozlik sohalarida ishlatiladigan detal, zagotovka, uzel va boshqalar uchun
bilimlarga asoslanagan holda talabalar materallar tanlab olish; quymakorlik, bosim ostida,
payvandlab zagotovka tayyorlash, ularga metall kesish dastgohlarida, elektrfizikaviy usullarda
ishlov berish, hamda detallar ishchi yuzalarini puxtalash usullarini qo’llay olish ko’nikmasi
shakllangan bo’lishi;
konstruktsiya va konstruktsiya elementlarini mustahkamlikka, bikrlikka ustivorlikka va
chidamlilikka hisoblashni bilishi;
mexanizmlarni optimal parametrlarini aniqlash; konkret mexanizmlarni hisoblashda
EHMda hisoblash dasturlarini ishlab chiqish; mashina va mexanizmlarning kinematik va
dinamik parametrlarini aniqlashda o’lchov asbob-uskunalaridan foydalanish ko’nikmasi
shakllangan bo’lishi;
yuritmalarni tuzish, uzatmalarni kinematik hisoblash, uzatma, val va o’qlar, podshipniklar
va birikmalarni ishchanlik qobiliyati bo’yicha loyihalovchi va tekshiruvchi hisoblarni bajarish
ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
loyihalash va uning asosiy bosqichlarining maqsadlari va vazifalarini aniqlash; texnikaviy
ob’ektlarning matematik modellarini tuzish; ALTni har xil ta’minlashni loyihalash ko’nikmasi
shakllangan bo’lishi;
mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash, o’lchamlar zanjirlarini
hisoblash, texnologik jarayonlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini baholash ko’nikmasi
shakllangan bo’lishi;
mashinasozlik materiallarini ishlatilish joyiga qarab, mashinasozlik soxalari uchun
tanlab, ishlatishga tavsiya qilish ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
detallarni aniq texnik sharoitlarda samarali ishlatish; sinish sabablarini aniqlash
ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
qattik jismlarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini aniqlay olishi va ularni bilgan holda
yangi materiallarni olish texnologiyalarini loyihalash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
sovish va qizdirish vaqtlarini hisoblashni va ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash
ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
turli mashinasozlik detal va zagotovkalarga termik va kimyoviy – termik ishlov berish
texnologiyalari va uning rejimlarini bilishi, tanlashi hamda ularni hisoblash ko’nikmasi
shakllangan bo’lishi;
tadqiqotlarni rejalashtitrish va olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish; qoplamalar
qoplashning optimal variantlarini tanlash; qoplamalarni qoplash rejimlarni hisoblay bilish va
asbob uskunalarni to’g’ri tanlash; qoplamalarni sifatini nazorat qila bilish ko’nikmasi
shakllangan bo’lishi;
talabalarni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash va ta’limni samarali tashkil etishga o’rgatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: