Ko‘pgina metall va qotishmalarda (birinchi navbatda, hajmiy-markazlashgan kubsimon va geksagonal panjaralilarda) harorat pasayishi bilan qovushoq yemirilishdan mo‘rt yemiri-lishga o‘tish kuzatiladi, bu hol zarbiy qovushoqlikning pasayi-shida va sinish xususiyatining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Metallning tuzilish holatiga va mustahkamlik darajasiga qarab, mo‘rt yemirilishga o‘tish asta-sekin yoki keskin bo‘lishi mumkin. Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asining yuqoriligi Tyu va plastik Tp chegaralari bo‘ladi. Bu haroratlar oralig‘ida qovushoq tolali sinishdan mo‘rt kristall sinishga o‘tish yuz beradi. Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asi, ko‘pincha, sinash haroratiga qarab aniq-lanadi, bunda singan joyda 50 % qovushoq tolali tashkil etuvchi T50 bo‘ladi. Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asi qancha yuqori bo‘lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |