deformatsiya deyiladi. Deformatsiya jismga qo‘yilgan
tashqi kuchlar ta’sirida yoki jismning o‘zida sodir bo‘ladigan
fizik-kimyoviy jarayonlarda vujudga keladigan ichki kuchlar
ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Bunda vujudga keladigan
zo‘riqishlar o‘q yo‘nalishida cho‘zilishning oddiy holida quyi-
dagiga teng bo‘ladi:
σ = P / F ,
bunda: P – kuch (N); F – jismning ko‘ndalang kesim yuzi (m
2).
67
Jismda normal va urunma zo‘riqishlar vujudga keladi. Mu-
vaqqat (tashqi) zo‘riqish bilan ichki zo‘riqishlarni bir-biridan
farqlash lozim.
Muvaqqat zo‘riqishlar tashqi yuklama ta’sirida vujudga keladi
va muvozanatlashadi.
Ichki zo‘riqishlar tashqi kuchlar ta’sirisiz, berilgan jism
doirasida vujudga keladi va muvozanatlashadi.
Ichki zo‘riqishlarning hosil bo‘lishi deformatsiyalarning jism
hajmi bo‘yicha notekis taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ichki
zo‘riqishlar haroratning metall hajmi bo‘yicha notekis taqsim-
lanishi natijasida vujudga keladi. Masalan, metall tez isitilganda va
sovitilganda metallning tashqi va ichki qatlamlari notekis
kengayadi (siqiladi). Bunday zo‘riqish
Do'stlaringiz bilan baham: |