Materialshunoslik indd



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/273
Sana18.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#390782
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik007

Yelim materiallar. 
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida turli detal
-
lardan (buyumlardan) ajralmas birikmalar hosil qilish uchun yelim
-
lash jarayonidan keng foydalaniladi. Buning uchun turli yelimlardan 
foydalaniladi.
Yelimlar
 – muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan 
konstruksion materiallarni (buyumlar yoki detallarni) bir-biriga mah-
kam yopishtiradigan yopishqoq materiallardir.
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yelimlar, asosan, 
hayvon, o‘simlik va smola yelimlariga bo‘linadi.


147
Hayvon yelimining asosini organik moddalar, o‘simlik yelimlari-
asosini oqsillar, smola yelimlari asosini esa sintetik moddalar tashkil 
etadi. Hayvon yelimlariga kollagen yelimlar, shuningdek, kazeinli va 
albuminli yelimlar, o‘simlik yelimlariga soya, kanakunjut (xashaki 
no‘xat) dan olingan yelimlar, smola yelimlariga Б–3, KБ–3­markali 
fenolformal deyiladi, MK–1, M–2, KM–12, K–17­markali karbamidli 
(mochevina formaldegidli) hamda ЦНИИПС–2 yelimlari va boshqa
-
lar kiradi.
Yelimlar qanday moddalardan tayyorlanishiga qarab, go‘shtlarda, 
suyak, baliq, kazein, albuminli hayvonot yelimlari, loviya, no‘xat, 
kunjut, kartoshka, jo‘xori, guruch kraxmallaridan olinadigan o‘simlik 
yelimlari va smolalardan tayyorlanadigan yelimlarga bo‘linadi.
Faner tayyorlashda, asosan, albuminli, kazein, o‘simlik yelimlari-
dan foydalaniladi. Namga, suvga chidamli fanerlar va yelimlangan 
yog‘ochdan  qurilish  konstruksiyalari  tayyorlashda  smola  yelimlari
-
dan foydalaniladi.
Go‘shtparda va suyak yelimlari duradgorlik yelimlari hisoblanib, 
ular  qushxona  va  teri  zavodlari  chiqindilarini  pishirish  yo‘li  bilan 
tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan yelimlar yordamida har qan
-
day materialni shu turdagi yoki boshqa turdagi material bilan (masa-
lan, yog‘och bilan yoki metall bilan) birlashtirib turli ajralmas birik
-
malar hosil qilish mumkin.
Tarkibi sintetik materiallardan iborat bo‘lgan yelimlarning asosiy 
hamda zaruriy xususiyatlari shundan iboratki, ular yordamida hosil 
qilingan birikmalar atmosferaga, korroziyaga va chirishga chidamli
-
dir. Yelimlarning yana bir afzal tomoni shundaki, yelimli birikmalar 
har qanday ajraluvchi (boltli, shpilkali, vintli va h.) hamda ajralmas 
(parchinmixli,  payvandlangan)  birikmalarga  nisbatan  ancha  yengil 
bo‘ladi, tannarxi arzon, tuzilishi sodda bo‘ladi.
Sintetik yelimlar, avtomobil, aviatsiya, kemasozlik, elektro va 
radiotexnika, yog‘ochni qayta ishlash, poyabzal, poligrafiya va xalq 
xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng ishlatilmoqda.
Yelimli birikmalar puxta chiqishi uchun: a) yelimlanadigan sirtlar 
silliq bo‘lmasligi, ya’ni sirtlar, g‘adir­budur, notekis bo‘lishi kerak; 


148
b) yelimlangan birikma yelim qurib qotgunga qadar qayta ishlanmas-
ligi lozim; d) hosil qilingan birikmani qisqichlar orasiga olib, quri
-
gunga qadar qo‘zatmaslik zarur.
Quyida maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarining 
o‘quv  ustaxonalarida  ko‘proq  ishlatiladigan  ba’zi  yelimlarning 
tarkibiy qismlari va xususiyatlari hamda yelimlash texnologiyasi 
haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.
Konstraksion metallar va nometall materiallarni termoizolatsi-
yalarga, gazlamalarga va dekorativ qoplama materiallariga yelimlab 
biriktirish uchun ВK–32–2, ВKT–2Н, 88Н, ПУ–2M, AK–20, ПK–
10, XВK–20 va boshqa yelimlar ishlatiladi.
Metallmas materiallar (yog‘ochlar, shisha, plastmassalar, tekstolit
-
lar, penoplastlar va b.) ВИAM–ВЗ va ПУ–2 yelimlari bilan biriktiriladi.
Organik shishaga boshqa materiallarni yelimlash uchun ВЗ–Ф9, 
ВK–32–70 vaПУ–2 yelimlari ishlatiladi. Rezinalar o‘zaro va metallar 
bilan 88Н, KП–6–18, ЧНБ, ВKР–7, KT–15, KT–25 yelimlari yor
-
damida biriktiriladi.
Yelimlash jarayoni quyidagi tartibda bajarilishi kerak: a) yelimla
-
nadigan yuzalar turli iflosliklardan tozalanishi va g‘adir–budur qilini
-
shi lozim; b) biriktiriladigan sirtlarning bir tomoniga qo‘lda cho‘tka 
va pulverizator yordamida yelim surtilishi kerak; d) biriktiriladigan 
detallarni havoda (xona haroratida) tutib turib yelim tarkibidagi 
uchuvchi moddalar chiqib ketishiga imkon berish zarur; e) biriktirila­
digan  sirtlarni  birlashtirib, qisuvchi  yoki  bosuvchi  qurilmalar bilan 
qisib qo‘yish kerak; f) qisib yoki bostirib qo‘yilgan detallarni ma’lum 
haroratda muayyan vaqt davomida saqlash lozim, chunki turli yelim
-
larning qotish harorati va muddati har xil bo‘ladi; g) biriktirilgan de
-
tallarni tozalash va birikmaning mustahkamligini tekshirish (bunda 
birikmay qolgan joylar yo‘ligiga e’tibor berish) kerak va h.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish