Qutbli va qutbsiz dielektriklar.
Dielektriklar, asosan, qutbli
va qutbsiz turlarga bo‘linadi. Istalgan moddaning molekulalari zar-
rachalardan (atom yoki guruhlari, ionlardan) iborat bo‘lib, ularning
har biri musbat yoki manfiy elektr zaryadiga egadir. Bu zaryadlar
orasidagi o‘zaro tortishish kuchi jismning mexanik mustahkamligini
ifodalaydi. Turli xil moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning
fazoviy joylashuvi har xil bo‘lishi mumkin. Agar molekulalarning
barcha musbat yoki manfiy zaryadlarini bitta umumiy manfiy va bitta
umumiy musbat zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda musbat va
manfiy zaryadlarining og‘irlik markazlarida joylashgan mazkur zar
yadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki mos tushmasligi mumkin
(10.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |