Materialshunoslik indd


O‘tga chidamli materiallar



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/273
Sana18.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#390782
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik007

O‘tga chidamli materiallar.
O‘tga chidamli materiallarga qo‘yilgan talablar:
1.  Yuqori haroratda ham yetarli darajadagi mustahkamlikka ega 
bo‘lishi.
2. 
Termik turg‘unlik: 
harorat o‘zgarishi bilan hajmini 
o‘zgarmasligi.
3. 
Kimyoviy turg‘unlik:
 erigan metall, shlak va gazlarga nisbatan.
9.3. R
ezina va yog‘och materiallar
Rezina materiallar.
 Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezi-
nasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiped 
shinalari, o‘tkazgichlarining izolatsiyalari, g‘ovvoslarning kiyimlari, 
aerostat ballonlari, shlanglar, dam berib shishiradigan qayiqlar, pro
-
tivogazlar, shuningdek ko‘pgina xalq xo‘jaligi mashina–mexanizm
-
lari, qurilmalar va muhandislik konstruksiyalarida rezina juda keng 
ishlatiladi.


132
Rezina materiallar, asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifi
-
katorlar, vulkanizatsiyalovchi agentlar, tezlashtiruvchilar, aktivatorlar 
va boshqalar qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda 
ko‘p xususiyatlarga ega bo‘lgan konstruksion materialdir. Bulardan 
eng muhimi uning yuqori darajada elastikligi, ya’ni katta (100 % ga
-
cha) deformatsiyadan ham dastlabki holatiga qayta olishidir.
Rezina olish uchun asosiy material kauchukdir, ya’ni rezinadagi 
aralashmaning 10 – 98 % ni kauchuklar tashkil qiladi.
Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, oddiy ha
-
roratda yuqori plastiklik xossasiga ega.
Tabiiy  polimer–kauchuk,  hindcha  “kaochu”  so‘zidan  olingan 
bo‘lib, “daraxtning ko‘z yoshi” degan ma’noni anglatadi. Darhaqiqat 
kauchuk  daraxtini  kesganda  undan  suyuqlik  (ko‘z  yoshi)  ajralib 
chiqadi. Shuning uchun hindlar juda qadimdan oq yog‘och smolasi 
(kauchuk) dan foydalanib kelganlar. Shunday qilib, tabiiy kauchuk 
(TK)  kauchukli  o‘simliklar  (daraxtlar)dan  olinadi.U  efir,  benzin, 
mineral moylarida yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90 °C 
gacha qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0 °C dan 
past haroratda esa qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. TK juda qimmat
-
baho material.
Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK dan foydalanilmas-
dan, balki sintetik kauchuklar (CK) hosil qilinib, ulardan keng foy
-
dalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida 
juda rang­barang sintetik kauchuk va shunga o‘xshash konstruksion 
materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, atsetilen, butan, etilen, 
benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va boshqalar sinte-
tik kauchuk hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklarning sintetik kauchuk
-
larga nisbatan mustahkamligi yuqoridir, lekin TK larning sovuqqa va 
turli eritmalar ta’siriga bardosh berish xususiyatlari CK ga nisbatan 
ancha past.
Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus tur-
larga bo‘linadi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinalar suvda, kis-
lota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havoda (50 °C dan 130 °C 


133
gacha) haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin. Shunday 
rezinadan  mashina  shinalari,  turli  tasmalar,  shlanglar,  transportyor 
tasmalari,  kabellarning  izolatsiyalari  (qoplamalari)  va  boshqa  turli 
buyumlar ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moy-
benzinga, issiq va sovuqqa chidamli, elektr o‘tkazmaydigan; gazlar 
va suyuqliklarga chidamli turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, max­
sus rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va vul
-
kanizatsiyalash jarayonida metall turlar, qistirmalar rezina aralashma-
si orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi va egiluvchanligi oshiriladi). 
Bunday  rezinalardan  avtomobil  shinalari,  yuritma  tasmalari,  trans
-
portyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish