Ekspluatatsion xossalar.
Bu xossalar mashinaning ish sharoitiga
bog‘liq holda maxsus sinovlari o‘tkazib aniqlanadi. Ekspluatatsion
xossalardan eng muhim yeyilishga chidamlilik, ya’ni yeyilish bar
-
doshlilikdir.
Yeyilishga chidamlilik materialning yeyilishiga, ya’ni ishqala
nish tufayli buyum tashqi sirtining yemirilishidan o‘lchami va shak
-
lini asta-sekin o‘zgarti rishga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatidir.
Metallarni yeyilishbardoshlilikka sinash laboratoriya sharoitida na-
munalarda, real ekspluatatsiya sharoitida esa detal larda o‘tkaziladi.
Namunalarni sinashda ishqalanish sharoiti real sharoitga yaqin qilib
olinadi. Namuna yoki detallarning yeyilish kattaligini turli usullar
bilan, chunonchi o‘lchamlarni o‘lchash, namunalarni tarozida tortib
ko‘rish kabi usullar bilan aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalariga,
shuningdek sovuqbardoshlik, issiq bardoshlik, antifriksion xossalar
va boshqalar ham kiradi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |