Materialshunoslik indd



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/273
Sana18.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#390782
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik007

Kimyoviy xossalari.
 Kimyoviy jarayonlar natijasida qotishma 
strukturasi o‘zgarishi kimyoviy xossalarni ifodalaydi.
Metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari oksidlanishiga 
yoki turli moddalar: havodagi kislorod, kislota hamda ishqor eritma
-
lari va boshqalar bilan birikishiga qarshi tura olish xususiyatiga qa-
rab xarakterlanadi. Metall boshqa elementlar bilan qancha oson biri­
kishga kirishsa, u shuncha tez yeyiladi. Metallarning tashqi agressiv 
muhit ta’siridan kimyoviy yemirilishiga 
korroziyalanish
 deyiladi. 
Metallarning korroziyaga, kuyindi hosil bo‘lishiga va erishiga qarshi-
ligi vaqt birligi ichida sirt birligiga to‘g‘ri keladigan tekshirilayotgan 
namuna massasining o‘zgarishi bilan belgilanadi. U yoki bu buyum-
larni tayyorlashda metallarning kimyoviy xossalari albatta hisobga 
olinadi.  Bu  ayniqsa,  kimyoviy  agressiv  muhitlarda  ishlatiladigan 
buyum va detallarga taalluqlidir.
Buyumlar  tayyorlashda  mavjud  materiallarni  qayta  ishlash  im
-
koniyatlari qanday darajada ekanligi materialning 
texnologik xossasi
 
deyiladi. Qotishmalarning sovuqlayin yoki qizdirib ishlanuvchanligi, 
quyish, payvandlash, bolg‘alash, kesib ishlashga qulayligi texnologik 
xossalarini belgilaydi. Materialning xossalarini bilgan holda buyum 
yasashning texnologik jarayonlarini loyihalash mumkin.
Kesib ishlanuvchanlik eng muhim texnologik xossalaridan biri hi
-
soblanadi, chunki ko‘pgina tayyorlanmalar, shuningdek, payvandlab 
tayyorlangan uzel va konstruksiyalarning detallariga mexanik ishlov 
beriladi. Ba’zi metallarga osongina ishlov berib toza va silliq sirt ho
-
sil qilish mumkin. Qattiqligi past bo‘lgan juda qovushqoq metallar 
ham yomon ishlanadi. Sirtida tirnalgan joylar sodir bo‘lib, g‘adir-bu-
dir chiqadi. Ishlov berishni yaxshilash uchun, masalan, po‘lat termik 
ishlanadi, bu bilan uning qattiqligi yo oshiriladi yoki kamaytiriladi 
ishlovga moslashtiriladi.


35
Payvandlanuvchanlik  metallarning  xossalari  asosiy  metall  xos­
salariga yaqin turgan payvand birikmalar hosil qila olish xususiyati
-
dir.  U  payvandlangan  namunani  egish  va  cho‘zishga  sinab  ko‘rib 
aniqlanadi.
Bolg‘alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda 
uni yemirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir. 
Bolg‘alanuvchanlik  namunani  berilgan  darajagacha  deformatsiya­
lab, temirchilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish 
balandligi, odatda, uning ikkilangan diametriga teng bo‘lishi kerak. 
Agar  uning  yon  sirtida  darzlar  paydo  bo‘lmasa,  bunday  namuna 
sinovga bardosh bergan, tekshirilayotgan metall esa bosim ostida 
ishlov berishga yaroqli hisoblanadi. 
Materiallarning quyilish xossalari ularning darzsiz, bo‘shliqsiz va 
boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakterlay-
di. Asosiy quyilish xossalariga suyuq holatda oquvchanlik, kirishuv­
chanlik va likvatsiya kiradi.
Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi 
bo‘shlig‘ini yaxshi to‘ldirish xususiyatidir. 
Kristallanishda  kirishuvchanlik  suyuq  holatdan  qattiq  holatga 
o‘tishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuvchan
-
lik bo‘shliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Likvatsiya  qotishmalarning  kristallanishda  paydo  bo‘ladigan 
kimyoviy  tarkibining  bir  jinsli  emasligidadir.  Bu  qotishmalar  toza 
metallarga qaraganda qat’iy bir temperaturada emas, balki temperatu
-
ra oralig‘ida kristallanishi bilan tushuntiriladi. Qotishmaning kristal-
lanish temperatura intervali qancha katta bo‘lsa, likvatsiya shuncha 
tez  rivojlanadi.  Bunda  kristallanish  temperatura  oralig‘iga  kuchli 
ta’sir qiladigan qotishma komponentlari(oltingugurt, kislorod, fosfor, 
uglerod) po‘lat uchun likvatsiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi. 
Egiluvchan metall va qotishmalarning texnologik xossalarini buki
-
luvchanligini  va  takror  bukiluvchanligini  sinash,  botiluvchanligini 
sinash, cho‘kuvchanligini sinash, yassilanuvchanlik, o‘raluvchanlik, 
buraluvchanlik va boshqa xossalarini sinash usullari bilan aniqlanadi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish