12.5-rasm.Tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalar:
1– bog‘lovchi asos; 2– to‘ldiruvchi tola.
Tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalar juda yuqori puxtalikka va
pishiqlikka ega, siljishdagi va cho‘zilishga mustahkamligi yuqori
bo‘lib, metallarga nisbatan solishtirma og‘irligi 4–8 marta kamdir.
Tolalar bilan to‘ldirilgan(sinchlangan) plastmassalar bugungi kunda
samolyotsozlik, kemasozlik, kosmonavtika texnikalari, avtomobil-
sozlik va mashinasozilk detallarini tayyorlashda juda keng miqyosda
ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 12.1jadvalda shisha, uglerod, or
-
ganik tolalar bilan sinchlangan plastmassalarning mexanik xossalari
keltirilgan.
12.2jadvalda keltirilgan ma’lumotlar uzluksiz tolalar bilan sinch
langan plastiklardir. Shishaplastiklar tipik konstruksion materiallar
bo‘lib, ularda bog‘lovchi asos sifatida polikondensatsion yelimlar,
to‘ldiruvchi sifatida esa shisha tolali materiallar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |