Materialshunoslik indd



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/273
Sana14.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#364606
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik

Zаnglаmаs po‘lаtlаr. 
Zаnglаmаs po‘lаtlаr turli аtrоf­muhitdаgi vа 
аsоsаn ochiq аtmоsfеrа kоrrоziyasigа qаrshi turа оlish хususiyatigа egа 
bo‘lgаn mаtеriаllаr guruhini tаshkil qiladi. Bundаy qоtishmаlаrning 
аsоsiy  qo‘shimchа  elеmеnti­хrоmdir.  Bundа  qоtishmаdа  хrоmning 
kоnsеntrаtsiyasi 11% dаn kаm bo‘lmаsligi lоzim. Nikеl vа mоlibdеn 
elеmеntlаri  hаm  qo‘shilishi  qоtishmаning  kоrrоziyagа  qаrshilik 
хоssаsini yaхshilаydi. 
Zаnglаmаs  po‘lаtlаr  qo‘shimchаlаr  turigа  vа  mikrоstrukturаsigа 
nisbаtаn  3  turgа  bo‘linаdi:  –  mаrtеnsitli,  fеrritli  vа  аustеnitli.  Bu 
mаtеriаllаrning  хоssаlаrini  kеng  ko‘lаmdа  o‘zgаrtirish  imkоniyati, 
kоrrоziyabаrdоshli  qаtоr  vаriаntlаri  ulаr ni  аniq  maqsadli  yo‘nаl­
tirilgаn turli sоhаlаrdа qo‘llаsh imkоnini bеrаdi. 
Mаrtеnsit  zаnglаmаs  po‘lаtlаri  tеrmik  ishlаsh  yo‘li  bilаn  bu
-
tun  qоtishmа  mikrоkоmpоnеntlаrini  аsоsiy  bir  ko‘rinishgа,  ya’ni 
mаrtеnsit strukturа hosil qilish оrqаli оlinаdi. 
Fеrritli zаnglаmаs po‘lаtlаr α­fеrrit (hаjmi mаrkаzlаshgаn kristаll) 
dаn  tаshkil  tоpаdi.  Аustеnit  vа  fеrrit  po‘lаtlаrni  sоvuqlаyin  ishlоv 
bеrish оrqаli mustаh kаmligini оshirish mumkin.
Аustеnit  zаnglаmаs  po‘lаtlаrining  ko‘p  qismi  kоrrоziyabаrdоsh 
po‘lаtlаr hisоbigа kirаdi, nikеl vа хrоm miqdоrigа qаrаb bеlgilаnаdi. 
Bu  po‘lаtlаr  ko‘p  miqdоrdа  ishlаb  chiqаrilаdi.  Mаrtеnsit  vа  fеrrit 
po‘lаtlаr mаgnit хоssаlаrigа egа, аustеnit zаnglаmаs po‘lаtlаri mаgnit 
хоssаlаrni nаmоyon etmаydi.
Аyrim zаnglаmаs po‘lаtlаr ko‘pinchа yuqоri hаrоrаtli vа judа оg‘ir 
shаrоitdаgi muhitlаrdа ishlаtilаdi. Bundа ulаr оksidlаnishgа qаrshilik 
bilаn birgа yuqori mехаnik хоssаlаrini hаm sаqlаb turishi lоzim. Bu 
mаtеriаllаrning оksid lоvchi muhitdа ishlаsh qоbiliyati 1000
0
C gаchа 
sаqlаnib turаdi. 


61
Zаnglаmаs  po‘lаtlаrning  bundаy  turlаrigа  quvurlar,  yuqоri 
hаrоrаtli bug‘ quvurlar, eritish pеchlаrini, samolyot, rаkеtа vа аtоm 
elеktr stаnsiyalаrining quril mаlаrini tаyyorlаshdа ishlаtilаdi.
Po‘latlarning  doimiy  qo‘shimchalari  (unsurlari,  begona  jinslari)
ga marga nets, kremniy, fosfor va oltingugurt, shuningdek, kislorod 
va  vodorod  gazlari  kiradi.  Birinchilarining  miqdori,  odatda,  0,8% 
(Mn), 0,5% (Si), 0,05% (P va S)dan oshmaydi. Bu elementlarning 
miqdori  maxsus  po‘latlarda  ko‘proq  bo‘ladi.  Marga nets  va  krem
-
niy  foydali  unsurlar  hisoblanadi.  Masalan,  marganetsni  po‘latga, 
uni “nordonlashtirish”, ya’ni zararli temir oksidini yo‘qotish uchun 
qo‘shiladi: Mn+FeO→MnO+Fe. Bundan tashqari, u oltingugurtning 
zararli birikmalarini bog‘lab tashlaydi: Mn+FeS→MnS+Fe. Shu tu
-
fayli po‘latning mustahkamligi sezilarli oshadi, lekin plastikligi ilga
-
rigidek saqlanib qoladi, FeS bor bo‘lgani uchun yuqori haroratlarda 
po‘latning mo‘rtligi (krasnolomkost) yo‘qoladi. Kremniy ham po‘latni 
“nordonlashtiradi”: 2FeO+Si→2Fe+SiO
2
. U po‘latning oquvchanlik 
chegarasini ko‘taradi, natijada sovuq holatda bosim bilan ishlov be­
rish  yomonlashadi.  Shu  sababdan  shtamplab  ishlanadigan  po‘latlar 
tarkibida kremniy miqdori kam bo‘lishiga harakat qilinadi.
Fosfor va oltingugurt zararli jinslar hisoblanadi. Fosfor po‘latning 
plastikligi  va  qovushqoqligini  kamaytiradi,  sovuq  holatda  sinuv­
chanligini  oshiradi,  shuning  uchun  uning  miqdorini  cheklashga 
(0,025…0,045%)  harakat  qilinadi.  Biroq  ba’zan,  po‘latni  qirqib  ish
-
lashni  osonlashtirish  va  po‘lat  mis  bilan  tutashib  ishlaganda  korro
-
ziya  bardoshliligini  oshirish  uchun  ataylab  qo‘shiladi.  Oltingugurt 
po‘latlarda sulfid – FeS ko‘rinishida bo‘ladi, u temir bilan birga erish 
harorati 988 
0
C bo‘lgan evtektika hosil qiladi. Evtektika donlarning 
chegaralari bo‘yicha joylashadi va issiq holda bosim ostida ishlash ha
-
roratlarida po‘latni mo‘rt qilib qo‘yadi (evtektika erib ketib, donlar ora
-
sidagi bog‘lanish kuchsizlanib qoladi). Marganets qo‘shilganda temir 
sulfid plastinkasimon marganets sulfidga aylanadi, uning erish harorati 
1620
0
 C. Oltingugurt po‘latlarning zarbali qovushqoqligini, plastikligi­
ni,  chidamlilik  chegarasini,  payvandlanuvchanligi  va  korroziyabar
-
doshliligini  pasaytiradi.  U  po‘latga  rudalarni  eritishda,  shuningdek, 
metall pech gazlari bilan o‘zaro ta’sir qilganda tushib qoladi.


62
Azot va kislorod po‘latda mo‘rt oksidlar va nitridlar (FeO, SiO
2

Al
2
O
3
, Fe
4
N va b.) ko‘rinishida yoki erkin holida nuqsonlarga joylashib 
(g‘ovaklar, darzlar) uchraydi. Bu elementlar po‘latning sovuq holda 
mo‘rtligini oshiradi va chidamlilik chegarasini pasaytiradi. Azotning 
miqdori ko‘p bo‘lsa, po‘lat “defor matsiyali qarish”ga uchraydi, chun
-
ki  azot  dislokatsiyalarning  harakatiga  xalal  beradi  va  plastiklikni 
kamaytiradi. Vodorod qattiq qotishmaga yoki g‘ovaklarga joylashib 
oladi, po‘latni g‘oyatda mo‘rt qilib qo‘yadi. Uning miqdori bolg‘ala­
nayotgan  po‘latda  ko‘p  bo‘lsa,  flokenlar­  oval  shaklli  darzlar  hosil 
bo‘ladi. Ularning siniq joylari oq dog‘ ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday 
nuqson – metall ichdan uzilgani haqida xabar beradi. Flokenlarning 
oldini olish uchun po‘latni qizigan holda deformatsiyalab bo‘lib, asta 
sovitiladi yoki 250 
0
C haroratda uzoq ushlab turiladi.
Zararli  unsurlar  (begona  jinslar)ning  miqdori  po‘latni  olish  va 
nordon lashtirish usullariga ko‘p darajada bog‘liq. Masalan, kislorod, 
vodorod va azot gazlarini kamaytirish uchun po‘lat qayta eritiladi va 
vakuum sharoitida quyiladi.
Uglerod mashinasozlik cho‘yanlari strukturasida grafit ko‘rinishida 
bo‘ladi. Grafit miqdori cho‘yanda ko‘p (bir necha foizgacha), mexa­
nik xususiyatlari atro fidagi metall fazaning xususiyatlaridan yomon 
bo‘lgani sababli grafit qo‘shilmalar mustahkam matritsada darzlar va 
bo‘shliqlar hosil qilib, cho‘yanni ojizlantirib qo‘yadi.
Tabiiyki,  cho‘yanda  uglerod  grafit  ko‘rinishida  qancha  ko‘p  va 
uning  qo‘shilmalari  qanchalik  siyrak  bo‘lsa,  cho‘yanning  mustah
-
kamligi, ayniqsa, cho‘zilishda, shunchalik past bo‘ladi. Biroq ba’zi 
holatlarda, grafit ijobiy omil sifatida namoyon bo‘ladi – cho‘yanning 
qirqib ishlanuvchanligini yaxshilaydi, unga antifriksion xususiyatlar 
beradi, titrashlar va zarbalarni so‘ndiradi.
Cho‘yanning strukturasi va xususiyatlari kremniy miqdoriga 
(0,3…5,0%)  jiddiy  bog‘liq,  u  grafitlanish  jarayonini  kuchaytiradi. 
Marganetsning  doimiy  (ya’ni  tabiiy)  qo‘shilmalari  (0,5…0,8%) 
cho‘yanlarning  mexanik  xususiyatlarini  yaxshi laydi  va  ular  grafit
-
lanishiga  qarshilik  qiladi.  Fosfor  cho‘yanda  (odatda,  ko‘pi  bilan 
0,2…0,3%) erigan holatda uchraydi. U cho‘yanning suyuq oquvchan
-
ligini va yeyilishga bardoshliligini oshiradi, shuningdek, mo‘rtligiga 


63
sabab  bo‘ladi,  chunki  miqdori  0,5…0,7%  bo‘lganda  erish  harorati 
950 
0
C bo‘lgan, mo‘rt fosfidli evtektika (Fe+Fe
3
P+Fe
3
C) hosil qiladi.
Shunga  qaramay,  fosfor  cho‘yanning  qirqib  ishlanuvchanligini 
yomonlash tiradi, shuning uchun miqdori cheklanadi (0,12%), yuqori 
bardoshli  cho‘yanlarda  undan  ham  kam  (0,03%).  “Temir­uglerod” 
qotishmasiga, uning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida maxsus 
elementlar qo‘shiladi, ular “
legirlovchi element
” deyiladi. Shunday 
elementi bor qotishmalar esa, “
legirlangan
” deyiladi.
Legirlovchi elementlarning po‘latlarning xususiyatlariga ta’sir qi­
lish mexanizmi temirda polimorf o‘zgarishlarni qo‘zg‘atishdan ibo
-
rat.  Bu  o‘zgarishlar  harorati  temirda  erigan  hamma  elementlarning 
xususiyatlariga bog‘liq. Legirlash yo‘li bilan temirning γ–fazasining 
mavjudlik qismini kengaytirish (
A
4
 ga to‘g‘ri keladigan haroratlar 
ortib, 
A
3
 ga to‘g‘ri keladiganlari – kamayadi) yoki toraytirish mumkin 
(
A
4
 ning haroratlari pasayib, 
A
3
 nikil – ortadi (9.1-jadv., 9–12-rasm). 
Masalan, Ni, Mn va b.elementlar guruhi ma’lum miqdordan ortiq 
qo‘shilsa, γ – holat qismini xona haroratidan erish haroratigacha ken
-
gaytiradi. Bunday qotish malar 
austenitli qotishma
 deyiladi. Boshqa 
elementlar (V, Si, Mo va b.) ferritni erish haroratigacha barqaror qila
-
di. Bunday qotishmalar 
ferritli qotishma
 deyiladi. Ularni qizdirganda 
va sovitganda evtektoidli o‘zgarish ro‘y bermaydi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish