Materialshunoslik indd



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/273
Sana14.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#364606
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik

Fizik xossalari.
 Metallarning fizik xossalariga uning rangi, zichli
-
gi,  suyuqlanish  temperaturasi,  issiqlik  o‘tkazuvchanligi,  issiqdan 


36
kengayuvchanligi,  issiqlik  sig‘imi,  elektr  o‘tkazuvchanligi,  magnit 
xossalari va boshqalar kiradi.
Metall rangi deb, ma’lum to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik nurini 
qaytarish  xususiyatiga  aytiladi.  Masalan,  mis  pushti  –  qizil  rangli, 
aluminiy esa kumushsimon oq rangli bo‘ladi. 
Metallning zichligi hajm birligida joylashgan massa bilan xarak­
terlanadi. Zichligiga ko‘ra barcha metallar yengil (4500 kg/m
3
 dan 
kam) va og‘ir xillarga bo‘linadi. Turli buyumlar yaratishda metall 
zichligi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Masalan,  samolyot  va  raketasozlikda 
juda yengil metall (aluminiyli, magniyli, titanli)va qotishmalardan 
foydalanishga harakat qilinadi. Bu buyum massasini kamaytirish im
-
koniyatini beradi.
Suyuqlanish temperaturasi deb, metall qattiq holatdan suyuq ho
-
latga  o‘tadigan  temperaturaga  aytiladi.  Suyuqlanish  temperaturasi
-
ga  qarab  qiyin  suyuq lanadigan  (volfram  3416°C,  tantal  2950°C, 
titan  1725°C  va  boshqalar)  va  oson  suyuqlanadigan  (qalay  232°C, 
qurg‘oshin  372°C,  rux  419°C,  aluminiy  660°C)  metallar  bo‘ladi. 
Quyma  buyumlar,  payvandlanadigan  va  kavsharlanadigan  birikma
-
lar termoelektrik uskunalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun 
metall tanlashda suyuqlanish temperaturasi katta ahamiyatga ega. SI 
birliklar sistemasida suyuqlanish temperaturasi Kelvin (K) shkalasida 
ifodalanadi. 
Metallning  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  deb,  uning  ko‘p  qizigan 
qismidan kam qi zi gan qismiga issiqlik o‘tkazish xususiyatiga ay-
tiladi.  Kumush,  misning  ko‘p  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  aluminiyga 
nisbatan besh marta kichikdir. Detallar uchun materiallar tanlashda 
issiqlik  o‘tkazuvchanlik  katta  ahamiyatga  ega.  Masa lan,  metall  is
-
siqlikni yomon o‘tkazsa, u qizdirilganda yoki tez sovitilganda (ter-
mik  ishlov  berishda,  payvandlashda)  unda  darzlar  paydo  bo‘ladi. 
Mashinalarning ayrim detallari (motorlarning porshenlari, turbinala
-
rining  kurakchalari)  issiqlikni  yaxshi  o‘tkazadigan  materiallardan 
tayyorlanishi kerak. SI birliklar sistemasida issiqlik o‘tkazuvchanlik 
Vt/(m·K) bilan o‘lchanadi. 
Metallning  issiqdan  kengayuvchanligi  deb,  qizdirilganda  uning 
o‘l cham larining  kattalashish,  sovitilganda  esa  kichrayish  chiziqli 


37
kengayish  koeffitsiyenti  xususiyatiga  aytiladi.  Metallarning  issiq
-
dan kengayuvchanligi payvandlashda, bog‘lanishda hamda qizdirib 
hajmiy shtamplashda, quyish qoliplari, shtamplar, prokat valiklari, ka
-
librlar tayyorlashda, aniq birikmalar hosil qilishda hamda priborlarni 
yig‘ishda, ko‘prik fermalar qurishda, temir yo‘l relslarni yotqizishda 
hisobga olinishi kerak. Metallning issiqlik sig‘im deb, qizdirilganda 
uning ma’lum miqdordagi issiqlikni yutish xususiyatiga aytiladi. 
Issiqlik sig‘imi SI birliklar sistemasida J/kgK bilan o‘lchanadi. Turli 
metallarning issiqlik sig‘imi ularning solishtirma issiqlik sig‘imi miq-
doriga qarab solishtiriladi. Solishtirma issiqlik sig‘imi 1 kg metall 
temperaturasini 10
0
C ga ko‘tarish uchun kerak bo‘ladigan, kilo kalo
-
riyada ifodalangan issiqlik miqdoridir (u SI birliklar sistemasida 
J/kg·K) bilan o‘lchanadi.
Metallarning elektr tokini o‘tkazish xususiyati ikkita o‘zaro qara-
ma­qarshi xarakteristikalar elektr o‘tkazuvchanlik va elektr qarshiligi 
bilan belgilanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik SI birliklar sistemasida si
-
mens (Sm) da, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik Sm/m da, shunga 
o‘xshash elektr qarshiligi esa Om/m da o‘lchanadi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish