Materialshunoslik indd


Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/273
Sana14.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#364606
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik

Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish. 
Shimdirish usulida izo-
latsiya  bo‘shliqlari  gigroskopik  bo‘lmagan  yoki  kam  gigroskopik 
qattiq yoki suyuq dielektrik bilan to‘latiladi. Shimdirilgan material-
larga avvaliga nam singmay, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bu xossa 
yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan materiallar o‘ziga nam olmay
-
di. Masalan, shimdirilgan marmarda 
r
 qiymati uzoq vaqt o‘zgarmay 
turadi. Tolali shimdirilgan material (qog‘oz, karton, mato selluloza) 
larda esa 
r
  qiymati  asta­sekin  pasaya  boradi.  Shimdirilmagandagi 
kabi shimdirilgan qalin qog‘oz (karton) da ham namlik materialga 
asta-sekin singib boradi va ma’lum vaqtdan so‘ng 

qiymati ikka-
la qog‘ozda deyarli bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Havo bo‘shliqlari 
bo‘lgan va shimdirilgan matolar qisqa muddatli namlikka bardoshli 
bo‘lib, ularda 
E
t
 qiymati quruq shimdirilgan materillarga nisbatan 
yuqori bo‘ladi.
Izolyatsiya xarakteristikasini o‘zgartirmasdan saqlash va namlik 
ta’sirini kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan tashqari, loklash 
19
  Bijay_Kumar  Sharma.,Electrical  and  Electronic  Materials  Science./  ­ 
OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 51­bet.


175
usulidan  ham  foydalaniladi.  Bunda,  shimdirilgan  jism  qalinligi 
0,1–0,2 mm li lok qatlami bilan qoplanadi. Lekin bu usul namlik 80% 
dan ortganda o‘zini oqlamaydi.
Bundan  tashqari,  siqish  usuli  yordamida  mahsulot  yuzasi  qalin
-
ligi 1–2 mm bo‘lgan plastmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bunday 
qoplamaning mexanik xarakteristikalari lok qoplama mexanik mus
-
tahkamligidan ancha yuqori bo‘ladi. So‘nggi usul mahsulotning havo 
namligi 90% gacha bo‘lgan hollarda ishonchli himoya qiladi.
Mahsulot yuzasini qoplash usullaridan biri ishlov beriladigan yu
-
zaga tayyorlangan kompaund quyish usulidir. Bunda detalning tashqi 
qismiga  mos  qilib  maxsus  qolip  yasaladi  va  unga  suyuq  holdagi 
plastmassa  to‘ldiriladi.  Masalan,  epoksid  smolasidan  tayyorlangan 
qoplamaning qalinligi 10–20 mm qilib olinadi. Mahsulot suyultiril
-
gan kompaundga botirib olinadi. Bu usul dielektriklarni 95% gacha 
namlik ta’siridan himoya qiladi.
Barcha hollarda ham jismni namlikdan himoya qilishda organik 
materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gigroskopik xususiyatga ega 
bo‘lgani uchun o‘zidan namlikni o‘tkazadi. Istalgan organik dielek
-
trik qandaydir miqdorda nam singdiruvchanlikka ega.
Ba’zi  organik  dielektriklar  uchun  nam  singdirish  koeffitsiyenti 
quyidagichadir:
Parafin … … … … 5×
10-
10 
Polietilen … … … … 3×
10-
10 
Epoksid smolasi … … … 5×
10-

Neftli bitum … … … … 1×
10-

Dielektrikni namlikdan ishonchli himoya qilish maqsadida bosim 
ostida quyish usuli qo‘llaniladi. Chunki bu usulda olinadigan qopla
-
maning qalinligi katta qiymatga ega bo‘ladi va mahsulotni namlikdan 
yaxshi himoya qiladi. Agarda himoya qoplamasida darz yoki yemiri­
lish sodir bo‘lsa, namlik qoplama ichiga tezda kirib boradi.
Vakuumda zichlash usulida himoya qilinadigan mahsulot metall 
qobiqqa joylashtiriladi va qopqoq bilan kavsharlanadi. Metall qopla
-
ma dielektrikni namdan a’lo darajada himoya qiladi.
Qog‘oz izolatsiyali yuqori kuchlanishli kabellarni namdan muho
-
faza  qiladigan  himoya  qoplamasi  sifatida  izolyatsiya  yuzasiga  uz
-


176
luksiz qoplanadigan metall (qo‘rg‘oshin, aluminiy, po‘lat) qoplama 
ishlatiladi.  Bu  qoplamalar  izolyatsiya  yuzasiga  maxsus  presslarda 
qoplanadi. Elektr mashinalarining izolyatsiyasi namlik ta’siridan lok
-
lash, shimdirish va kompaund quyish usullari orqali himoya qilinadi. 
Uzluksiz ishlaydigan elektr mashinasi namlikka chidamli bo‘ladi. Bu 
mashinaning muttasil ish mobaynida qizishi natijasida izolyatsiyasi-
ning namlanmasligi bilan tushuntiriladi. Uzoq muddat ishlamagan 
(omborda saqlangan) elektr dvigateli yoki generatorlarning izolyatsi-
ya holati tekshirilib, zarur holatlarda ularning izolyatsiyasi quritili-
shi shart.
20
Kimyoviy tarkibiga qarab dielektriklar 2 turga bo‘linadi:
1. Organik (polimerlar, rezina, shoyi).
2. Noorganik (slyuda, keramika, shisha sitollar).
Elektrik xususiyatlariga qarab 2xil: past chastotali (elektrotexnik), 
yuqori chastotali (radiotexnik).
Dielektriklarning hal qiluvchi xususiyati – bu issiqqa bardoshligi: 
o‘z xususiyatlarini uzoq vaqt qizdirilganda ham saqlab qolish. Issiqqa 
bardoshlik qobiliyati darajasiga qarab, dielektriklar 7 sinfga bo‘linadi: 
U, A, E, V, F, N, S. “U” ishlash sharoiti 90ºC dan past bo‘lishi kerak. 
Eng yuqorisi “S” guruhi: 180ºC va undan yuqori haroratni ushlaydi: 
slyuda, keramika, shisha, sitallar.
Dielektriklarning xossalariga nam o‘tkazishlik katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Dielektriklarda tok  o‘tkazuvchi plyonkaning  va  qatlam­
ning hosil bo‘lishi izolyatorlik qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi, hatto 
teshib o‘tishi ham mumkin. Suv molekulasining diametri d=2,5·10-
10 
m juda kichkina bo‘ladi, shuning uchun suv pari hamma yoqqa kirib 
ketaveradi. Eng gigroskopik materiallar zich va g‘ovaksiz materiallar 
suv parlarini o‘tkazmaydi, bularga sitallar, shisha, keramika, epoksid­
li plastmassa, qutbsiz polimerlar kiradi.
Dielektriklarni tanlashda ularning mustahkamligi va mexanik xos-
salari ham e’tiborga olinadi. Keramika, shisha, sitallar ancha mustah
-
kam dielektriklar, lekin mo‘rt bo‘ladi, ularning egilishga mustahkam-
ligi δ
egil
=(30–300)-500MPa.
20
 T.K. Basak. Electrical engineering materials.New Age Intenational, Nil 
edition. USA, 2009. 69­bet


177
Struktura va xossalarining turg‘unligi dielektriklarning ishlatish-
eksplutatsiya  qilish  muddatini  belgilaydi,  shishaga  PbO  va  BaO 
qo‘shilishi uning elektrokimyo teshilishiga qarshiligini oshiradi. 
Ko‘pchilik plastmassalar razryad ta’sirida kuyib ko‘mirlashadi (qota
-
di) va o‘zining izolyatsion qobiliyatini yo‘qotadi.
Polistirol, organik shisha, ftoroplast va kremniy organik plastiklar
-
da bu kamchilik yo‘q.
Dielektriklar orasida keramik materiallar (ayniqsa, segnetokerami-
ka) alohida ahamiyatga ega. Bular eskirmaydi va qizdirishga nisbatan 
turg‘un.
Keramika izolyatorlarni, kolodkalarni, platalarni, g‘altaklarni ya­
sashda ishlatiladi.
Past chastotalarda elektrofarfor ishlatiladi: arzon, yaxshi elektrik 
xossalari,  lekin  mustahkamligi  past  va  200º  С  dan  yuqorida  katta 
“yo‘qotilish”ga uchraydi.
Yuqori chastotalarda ishlaydigan detallar asosan steoit nomli ma
-
teriallardan yasaladi. Buning tarkibida zararli qo‘shimchalar yo‘q va 
100ºC gacha o‘z xossalarini yaxshi ushlab tura oladi: yaxshi presslan
-
ganda, kuydirilganda­pishirilganda kirishishi 1–2%. Zich va g‘ovak 
stukturali  hamda  aniq  o‘lchamli  detallar  uchun  ishlatiladi.  Steotit 
yaxshi qirqiladi. Kamchiligi: harorat tez o‘zgarganda darz ketadi.
Yuqori  chastotali  kondensatorlarni  yasashda  ultrafarfor,  steotit, 
stannatli, keramika ishlatiladi. Eng yaxshi xossali keramika TiO
2
 aso-
sida bo‘ladi. Bunday keramika 2 xil bo‘ladi:
1. Tikondalar: T­60, T­80, T­150.
2. Termokondalar:  T­20,  T­40  raqamlar  “E”  ning  miqdorini 
bildiradi.
Tikondalar  asosan  termokompensatsiyalovchi  kondensatorlar 
uchun  ishlatiladi.Termokondalar  yuqori  turg‘unlikdagi  kondensa
-
torlar uchun ishlatiladi.
Dielektrik moddalar deb, shunday moddalarga aytiladiki, bularda 
valentli zona o‘tkazish zonasida keng man etilgan energiya bilan ajra-
tilgan.  Dielektriklar  qattiq:  (keramika,  polimerlar,  shisha);  suyuq: 
(benzol, toluol, vodorod, kislorod, argon) holatda bo‘ladi. Bularda er
-
kin elektronlar yo‘q, bog‘liqlik valentli yoki kovalentli. Dielektriklar-


178
izolatorlar  tok  o‘tkazmaydilar:  nisbiy  elektroqarshilik 
δ
=10
12–
10
20
 
om m. Dielektriklarning xarakterli xususiyati ularning qutblanishidir. 
(Elektr zaryadlar siljiydi).

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish