Materialshunoslik indd


-rasm. dielektrikda kuzatiladigan qutblanishlar



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/273
Sana14.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#364606
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik

10.2-rasm. dielektrikda kuzatiladigan qutblanishlar.
Kondensator sig‘imi va kondensatorda yig‘ilgan zaryad dielek-
trikda sodir bo‘ladigan qutblanish jarayonlarini o‘zida aks ettiradi 
(10.2-rasm). 
Elektron  qutblanish(q
E
, C
E
)
 atom yoki ionlar elek-
tron qobig‘ining siljishi va ezilishi hisobiga sodir bo‘lib, bu turda-
gi qutblanish katta tezlikda (10
–15
sek.)  kechadi  va  qiymat  jihatidan 
yorug‘likning  sindirish  ko‘rsatkichi  kvadratiga 
(n
2
)
  tengdir.  Bunda 
qutblanish  barcha  dielektriklarda  kuzatilib,  ularning  atomlaridagi 
elektronlar musbat elektrod tomon siljiydi. Qutbli bo‘lmagan suyuq 
holatdagi va qattiq dielektriklarda qutblanish sust kechib, 
e
r
 qiymati 
2¸2,5 atrofida bo‘ladi. Elektron qutblanishda elektr siljish 
(D)
 maydon 
kuchlanganligi 
(E)
ga mos ravishda o‘zgaradi, shuning uchun ham 
e
r
 
kuchlanganlikka bog‘liq bo‘lmaydi. Jism qattiq holatdan suyuq ho­
latga  o‘tganida  zichligi  kamayadi,  natijada  qutblanish  ham  sekin 
susayadi. Elektron qutblanishda elektr energiyasi sarf bo‘lmaydi. 
Bunday qutblanish neft moylarida (oktol), qattiq moddalar parafin, 
polistirol, polietilen va boshqalarda kuzatiladi.
Ionli  qutblanish(С
I
  ,  q
I
)
  kristall  panjarali  qattiq  jismlarda  bo‘sh 
bog‘langan ionlar siljishi natijasida ro‘y beradi. Ionli qutblanish elek-
tron qutblanishga nisbatan kuchliroq kechadi va 
e
r
 ning qiymati 5¸30 
oralig‘ida  bo‘ladi.  Ion  o‘lcham  jihatidan  elektrondan  katta  bo‘lib, 
qutblanish tezligi esa, aksincha, past bo‘ladi (t»10
–3
c).


167
Bunda 
e
r
 qiymati chastotaga bog‘liq emas. Ion qutblanishida elektr 
siljish maydon kuchlanganligi 
E
 ga, 
e
r
 qiymati esa mazkur kuchlan
-
ganlikka bog‘liq bo‘lmaydi. Harorat ko‘tarilishi bilan kristall panja
-
radagi ionlar orasidagi masofa ortadi. Natijada oraliqdagi tortishish-
kuchi pasayadi va ion qutblanishi kuchayadi, ya’ni ionli dielektriklar
-
da masalan, slyuda, ba’zi turdagi sopollarda 
e
r
qiymati o‘sib boradi.
Ion  qutblanishida  energiya  isrofi  kuzatilmaydi,  chunki  qutbla­
nishga sarflanadigan energiya manbaga to‘liq uzatiladi. Faqat yuqori 
chastotada  ionlarning  rezonansi  hisobiga  materiallarda  elektr  ener
-
giya isrofi kuzatiladi.
Dipol-relaksatsiya  qutblanishi(C
D-R
,  q
D-R
, r
D-R
)
 betartib issiqlik 
harakatida  bo‘lgan  zarrachalar  (dipol  molekulalari)  elektr  maydo
-
ni ta’sirida o‘z yo‘nalishini o‘gartirishi hisobiga ro‘y beradi. Agar 
molekulalar,  kuchlar  dipollarning  maydon  uzra  yo‘nalish  olishiga 
xalal bermasa, u holda dipol qutblanishi sodir bo‘ladi. Qutbli dielek­
triklardagi dipol molekulalarining musbat va manfiy zaryadlarining 
og‘irlik markazlari bir­biriga mos kelmay, balki molekula chekkasiga 
siljigan holda elektr momenti hosil qiladi. Elektr maydonida uning 
manfiy  chekka  qismi  musbat  qoplamaga,  musbat  qismi  esa  manfiy 
qoplamaga tomon burilishga intiladi. Dipol mazkur burilishda ma’lum 
qarshilikka 
(r
D-R 
)
  uchraydi  va  uni  yengish  uchun  energiya  sarf  etadi. 
Dipol  qutblanish  ancha  sekin  (t=10
–6
¸10
–8
s)  kechishi  sababli  radio 
to‘lqinida (10
6
¸10
8
 Gs) maydon o‘zgarishi qutblanish vaqtiga yaqin
-
lashib qoladi; oqibatda yuqori chastotada dipol molekulalar maydon 
yo‘nalishining o‘zgarishiga ulgurolmay qoladi va qutblanish susayib, 
e
r
 
qiymati pasayadi. Dipol qutblanish qutbli gazlar, suyuqliklar va ba’zi 
organik  qattiq  moddalarga  xosdir.  Kuchlanganlik  uzilgandan  so‘ng 
dipolning issiqlik harakati ta’sirida tartibli susayishi vaqti (eksponen
-
sial o‘zgaradigan e=2,71) 
relaksatsiya vaqti
 deb ataladi
14
. Qutbli di-
elektrikda 
e
r
 qiymatining haroratga qarab o‘zgarishi, past haroratda 
jism qovushqoqligi yuqoriligi tufayli dipollar harakatsiz va 
e
r
=e
L
 ga 
teng bo‘ladi; material qizdirilsa, u yumshab ichki ishqalanish susayi
-
shi natijasida dipol burilishi yengillashadi va 
e
r
 qiymati ortadi; yuqori 
14
  Bijay_Kumar  Sharma.,Electrical  and  Electronic  Materials  Science./  ­ 
OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 31­bet.


168
haroratda esa dipolning aniq yo‘nalish olishiga zarralarning betartib 
issiqlik harakatining ortishi xalal beradi va o‘z navbatida 
e
r
qiymati 
kamayadi (10.3-rasm).

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish