Yoqlari markazlashgan kub panjara. Element uyasida 14 ta atom joylashgan bo‘lib, 8 ta atom kub uchlarida, 6 ta atom esa kub tomonlari markazlarida joylashgan. Bunday kristall panjara aluminiy, qo‘rg‘oshin, oltin, nikel va boshqa metallarga xosdir.
Geksagonal panjara (olti yoqli prizma). Metall atomla- rining 12 tasi prizma burchaklarining uchida, 3 tasi esa prizmaning o‘rta ko‘ndalang kesimida, 2 tasi prizmaning yuqori va ostki yuza markazlarida joylashgan. Bunday metall panjara magniy, rux, titan va boshqa metallarga xosdir.
Metallarning xossalari kristall panjara xiliga, atomlarining diametriga hamda atomlar orasidagi masofaga qarab o‘zgaradi. Kristall moddalarning atomlari fazoviy panjarada ma’lum tartibda joylashgan bo‘lib, bu moddalar muayyan erish ha-
roratiga egadir. Kristall moddalarga barcha metallar va ularning qotishmalari misol bo‘la oladi.
Kristall moddalarning fazoviy panjarasida atomlar bir tekis va ma’lum tartibda joylashadi, bunda ularning xossalari har xil bo‘ladi, chunki atomlar orasidagi masofa o‘zgaradi.
Elementlar atomlarining o‘lchamlari juda kichik, ularni o‘lchash uchun angstrem birligi ishlatiladi.
°
1 A= 0,00000001 sm.
Kristall panjarani tashkil etgan atomlar markazlari ora- sidagi masofa qiymati ham juda kichik bo‘ladi. Har bir metall o‘ziga xos kristall panjaraga ega.
Atomlarning muayyan tartibda joylashishi natijasida hosil bo‘ladigan geometrik jihatdan to‘g‘ri shakl butun kristall yoki monokristall deb yuritiladi.
Butun kristall uning o‘sishiga biror tashqi qarshilik ko‘r- satilmagan taqdirdagina hosil bo‘ladi. Odatda, kristall soviyot- gan suyuq metall ichida sodir bo‘la boshlaydi. Metall qotgan sari unda o‘sayotgan boshqa kristallar shakllangan kristallarning to‘g‘ri shaklini buzib yuboradi, natijada kristallar donlarga o‘xshab qoladi. Demak, tashqi shakli noto‘g‘ri kristall donlar deb ataladi. Donlar ichida atomlar muayyan tartibda joy- lashganicha qoladi.
Kristall jismlar atomlarining turli tekisliklarda turlicha zich- likda joylashishi anizotropik xossa deb aytiladi.
Metallarning kristallanish jarayoni ikki bosqichda boradi, birinchisi kristall markazlarining hosil bo‘lishi va ikkinchisi hosil bo‘lgan markazlar atrofida kristallarning o‘sishi. Kris- tallarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganish katta amaliy aha- miyatga ega, chunki metallarning xossalari donlarning shakliga, joylashishiga va kattaligiga bog‘liq. Demak, metallarning suyuq holatdan qotish holatiga o‘tish jarayoni bu atomlarning to‘g‘ri tartibda joylashishi (kristall panjara hosil bo‘lishi) dir.
Kristall jismlar ma’lum bir haroratda suyuq holatdan qat- tiq holatga yoki, aksincha, qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadi. Bu harorat, mos ravishda, erish nuqtasi yoki qotish nuqtasi deb aytiladi.
Suyuq metallning qattiq holatga o‘tish jarayoni birlamchi kristallanish deb ataladi.
Ba’zi bir metall va qotishmalarda kristallanish jarayoni tugagandan keyin ham ularning tuzilishida o‘zgarishlar davom etadi. Bu jarayon ikkilamchi kristallanish deb aytiladi.
Qattiq holatdagi metall tuzilishida yuz beradigan o‘z- garishlar allotropik o‘zgarishlar deyiladi.
Ikkilamchi kristallanish jarayoni shundan iboratki, ma’lum haroratda metallning kristall panjarasi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish vaqtida atomlar qayta guruhlanib, yangi kristall panjara hosil qiladi. Ikkilamchi kristallanish vaqtida metall xossalarining o‘zgarishiga sabab mana shundan iborat. Bunday o‘zgarishlarni metallarga termik ishlov berish jarayonida kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |